Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021 Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 7 www.ares.uz Elektron
ta'limning
(e-learning)
toʻplangan
tajribasisiz
smart-ta'lim
kontseptsiyasini amalga oshirish ilojsiz. Smart-oʻqitish jarayoni zamirida axborot
texnologiyalari, elektron va masofaviy ta’limning yutuqlari, yillar davomida orttirilgan
qimmatli tajribalari yotadi. Smart-ta'lim texnologiyalarining asosiy vazifasi oʻquv
jarayonida oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun yangi samaradorlikka erishish uchun
sharoit yaratishdir. Ta’lim texnologiyalarining bu turini qoʻllash kompleks
yondashuvni talab qiladi. Smart-ta'lim kontseptsiyasining rivojlanishi dunyodagi yangi
texnologik paradigma rivojlanishiga toʻgʻri keladi [5].
Soʻnggi yillarda, xususan, davom etayotgan pandemiya sharoitida dunyo
miqyosida elektron va smart-ta’lim texnologiyalaridan fydalanishga talab keskin ortdi.
Deyarli barcha mamlakatlar ta’lim jarayonini asosan axborot texnologiyalari orqali
amalga oshirishi natijasida, oxirgi 2 yillik muddat ichida Oʻzbekistonda ham bu
texnologiya avvalgi yillarga qaraganda misli koʻrilmagan darajada rivojlandi. Ta’lim
oluvchilarning aksar qismini tashkil qiluvchi maktab oʻquvchilari ham elektron
oʻqitish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar [7]. Ta’lim texnologiyasining mazkur turi
dunyoning istalgan nuqtasidan turib masofaviy ishlay olish imkoniyati bilan
boshqalaridan yaqqol ustunlik qilmoqda. Bunda oʻquvchi qayerda boʻlishidan qat’iy
nazar, kompyuter va internet ta’minoti bilan ta’lim jarayonida ishtirok eta oladi [6].
Oʻrganish nafaqat sinfda, balki boshqa har qanday joyda: saylgoh yoki kafe kabi
jamoat joylarida ham mumkin boʻladi. Ta’lim jarayonini bogʻlaydigan asosiy element
- bu faol ta'lim mazmuni, uning asosida vaqt va makon ramkalarini olib tashlash
imkonini beradigan yagona omborlar yaratishdir. Oʻqitishning yangi – smart texnologiyalari zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas
qismi boʻlib qoladi. U insoniyatga beqiyos imkoniyatlarni hadya etib, zamon va makon
chegaralarini olib tashladi. Smart texnologiyalardan unumli foydalanish nafaqat
maktab oʻquvchilari, talabalar, katta yoshli oʻrganuvchilar, balki kasbiy malaka
oshiruvchilarni ham yangi bilimlarga boʻlgan qiziqishni kuchaytirishi kerak, shunda
ular jahon hamjamiyatida muvaffaqiyatli muloqot qila oladilar, barcha talabalarni oʻz-
oʻzini tarbiyalash jarayoniga faol jalb qiladilar.