Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021 Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 6 www.ares.uz Zamonaviy
inson
muhitining
ajralmas
qismiga
aylangan
axborot
texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida smart ta'lim asta-sekin an’anaviy
elektron ta'lim bilan oʻrin almashmoqda. Smart ta'lim kontseptsiyasi hozirda bir qator
tushunchalar bilan bogʻliq boʻlib, ularning koʻpchiligida bir xil talqin qilinmaydi.
Smart ta'lim mavzusidagi nashrlar bir necha yil oldin paydo boʻlgan va ular ta'lim
rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini qayd etib, ta'lim tizimidagi keyingi
oʻzgarishlar uchun futurologik prognozlarni yaratadi [1]. Smart ta'limning tashkiliy,
texnologik va pedagogik kabi uchta muhim jihati mavjud boʻlib, ular “alilli” ta’limning
ajralmas qismi hisoblanadi.
Smart ta'lim koʻp miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik)
maksimal xilma -xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson
moslashish imkoniyatini nazarda tutadi [2]. Bu mutlaqo yangi ta'lim muhiti boʻlib,
unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim
muassasalari tarmogʻi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy
tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta'limning oʻziga xos xususiyati - yashash joyidan
va moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni
"hamma joyda" ta'lim olish imkoniyatidir [3].
Z. K. Bekturova, N. N. Vagapovalarning fikriga koʻra smart ta'lim muhitini
yaratish uchun bir qator muhim faktorlar zaruriy hisoblanadi. Ular jumlasiga: yangi
bilim va texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion usullar orqali oʻrganish;
texnologiyalarning yaqinlashuvi, ta'lim sharoitlarini optimallashtirish; individual
oʻquv maqsadlariga, mavjud bilim va koʻnikmalarga, ijtimoiy muhitga avtomatik
moslashish kabilar kiradi [3].
Oʻquvchilar uchun smart-muhit har bir oʻquvchi uchun individual ta'lim muhiti,
amaliy yoʻnalish, bilim, koʻnikma va malakalarni rivojlantirishda mustaqillik - ijtimoiy
muhitga muvaffaqiyatli moslashishga imkon beruvchi barcha omillar; uzluksiz
ta'limning smart, fanlararo, talabalarga yoʻnaltirilgan ta'lim tizimlari (maktab, oliy
oʻquv yurti, korporativ oʻqitish); moslashtirilgan oʻquv dasturlari, portfolio;
hamkorlikda oʻqitish texnologiyalari; koʻp miqdordagi odatiy funktsiyalarni
avtomatlashtirish; amaliyotchilarni oʻquv jarayoniga jalb qilish kabilar orqali
ifodalanishi mumkin.
“Smart” tushunchasi paydo boʻlishi bilan smart/interaktiv-doska (yozuv taxtasi),
smart-ekranlar, internetga istalgan joydan kirish kabi tushunchalar ham ta’lim tizimiga
kirib keldi. Bu tushunchalarning har biri ma’lumotlar tarkibini yangicha ishlab chiqish,
etkazib berish va amaliyotga joriy qilish jarayonini qayta tuzishga imkon beradi [4].