Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 417,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix31.01.2023
ölçüsü417,6 Kb.
#82078
1   2   3   4   5
2.✅

 
 
 
 
 
 
 
 
 


2. Yer po'stining tuzilishi 
Yer po’sti — Yerning tashqi qattiq qobigʻi, geosferalardan biri, litosferaning 
yuqori qismi. Yer poʻstining pastki chegarasi boʻylama va koʻndalang seysmik 
toʻlqinlar tezligi birdaniga oʻzgaradigan (6,7—7,6 km/sek dan 7,9 — 8,2 km/sek 
gacha) yuza — Moxorovichich yuzasi) dj oʻtadi. Shu yuza bilan Yer poʻsti mantiyadan 
ajraladi. Yer poʻstining kuruklik va okeandagi turlari farq qilinadi. Quruqlikda Yer 
poʻstining qalinligi tekisliklarda 35—45 km, togʻliklarda 50 — 75 km gacha. Okean osti 
Yer poʻsti niki 5—10 km. Quruqlikda Yer poʻsti uch qatlam: yuqoridagi choʻkindi 
(qalinligi 15—20 km gacha), oʻrtadagi shartli ravishda «granit» (10—20 km), pastdagi 
«bazalt» (oʻrtacha 15—20 km) dan tashkil topgan. Okean osti Yer poʻstida «granit» 
qatlami yoʻq, choʻkindi qatlami ham yupqa. Qu-ruqlikda Yer poʻstining yuqori qatlami 
choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan boʻlib, koʻpincha burmalangan, uzilmalar 
bilan uzilgan va surilgan. «Granit» qatlam granit va gneyslardan, «bazalt» esa 
bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat. 
Okean osti Yer poʻsti 3 qatlamdan: birinchisi zichlanmagan dengiz choʻkindilari 
(1 km gacha), uning ostidagisi zichlangan choʻkindilar (1—2 km), uchinchisi quyi 
okean bazalt qatlami (4—8 km) gabbrodan tashkil topgan, degan taxminlar bor. 
Okeandan quruklikka oʻtadigan joyda oraliq (subkontinental yoki subʼokean) Yer 
poʻsti (8—25 km) joylashgan. Yer poʻstida muntazam tektonik harakatlar boʻlib turadi. 
Shunga binoan Yer poʻsti Harakatchan (burmalangan mintaqalar) va nisbatan tinchigan 
oblastlar — platformalarga boʻlingan. Yer poʻstining yoshi 3,5—4,5 mlrd. yilga teng. Yer 
poʻstining rivojlanishi Yer qaʼridagi fizik-kimyoviy jarayonlarga bogʻliq boʻlsa kerak deb 
faraz qilinadi. Yer poʻsti izostaziya (muvozanat) holatiga yaqin: yaʼni Yer poʻstining 
qandaydir uchastkasi ogirroq yoki qalinroq, zichroq boʻlsa, u substratga chuqurroq 
choʻkkan boʻladi. Tektonik kuchlar Yer poʻstining izostaziya holatini buzib yuboradi
ammo tektonik kuchlar susayganda Yer poʻsti yana kaytadan muvozanat holiga qaytadi. 
Yer poʻstining geologik tuzilishini oʻrganish foydali qazilmalarni qidirishda 
muhim rol oʻynaydi.


Yüklə 417,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin