61
uchinchidan, sotuvchi va iste`molchi o`rtasidagi munosabatlarning iqtisodiy
mexanizmi sifatida namoyon bo`ladi.
Umuman mintaqaviy turizm bozori ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ma`lum
bir qismi bo`lib, turizm xizmatlariga bo`lgan talab va taklif mexanizmidir.
Mintaqaviy turizmni shakllanishining o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
- ma`lum mintaqa doirasida joylashganligi va uning kompleks xarakterga
egaligi;
- asosiy jarayon xizmatlarni sotib olishdan iborat bo`lib, sotuvchi va
oluvchidan tashqari turizm bozoridagi iqtisodiy munosabatlarda talab va taklif
o`rtasidagi aloqalarni amalga oshiruvchi ko`pgina vositachi firmalar va
tashkilotlarning mavjudligi;
- turizm xizmatlariga bo`lgan talabda ishtirok etuvchilarning turlicha va ko`p
ekanligi (to`lov qobiliyati, maqsad va istaklari, o`rta sinf, jinsi, yoshi va boshqa
omillar);
- turistik taklifni ma`lum hududda bo`lishi, ma`lum masofa va vaqtni
sarflashga olib kelishi;
- taklifni shakllanishida turistik salohiyatning mavjudligi (tabiiy va mavjud
salohiyat) va tarmog’ning yuqori asosiy fondlar sig’imiga egaligi (ishlab chiqarish
infratuzilmasi ob`ektlari);
- mintaqalardagi raqobatbardoshlik afzalliklaridan, jumladan, tabiiy-iqlim
resurslari. Etnografik resurslar (madaniyat, qadriyatlar, milliy an`analar va
boshqalar), antropogen resurslar (madaniy-tarixiy obidalar, arxitektura va shahar
qurilishi ob`ektlari, muzeylar, teatrlar va boshqalar).
Har bir mintaqa o`zining turistik resurslari (salohiyati)ga ega bo`lib, ular
turistlar tomonidan turlicha baholanadi. Bu o`rinda xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan,
ichki va tashqi talab kuchli bo`lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Toshkent
kabi turistik markazlarni alohida ta`kidlab o`tish lozim.
Umuman olganda, mintaqaviy iqtisodiyot mintaqa va tarmoq o`rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar tizimi, mintaqaviy bozorlar tizimini, jumladan, mintaqaviy
turizm bozorini shakllanishi va rivojlanishi ilmiy-nazariy asoslari mintaqa
iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitidagi o`rni va ahamiyati yanada oshishi
zarurligini ko`rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: