57
baholash usuli kiradi. Turistik resurslarni baholashning integratsiyalashgan
kompleks usullari - mintaqada turizmni rivojlantirish
uchun turizm resurslari
kadastrlari tizimi va geoaxborot tizimi (GAT) hisoblanadi.
Tibbiy-biologik baholash yordamida tabiiy omillarning inson organizmiga
ta'siri aniqlanadi. Bu yerda yetakchi rolni iqlim o'ynaydi. Iqlim omillari kompleksini
inson salomatligi holatiga ta'sirini hisobga oladigan baholashning bir qator uslublari
ishlab chiqilgan bo'lib, bu iqlim sharoitining qulaylik darajasi bo’yicha hududlarni
rayonlashtirishga va klimatoterapiyadan keng foydalanishga imkon beradi.
Psixologik va estetik baho yordamida tabiiy
landshaft va uning tarkibiy
qismlarining odamga bo'lgan hissiy ta'siri darajasi aniqlanadi. Shu bilan birga,
sayyohlik hududida joylashgan diqqatga sazovor joylar, tarixiy,
madaniy va
me'moriy obidalar alohida ahamiyatga ega. Bunday baholash usullari odatda
parametrlarning xilma-xilligi va uning mezonlarining sub'yektivligi tufayli
murakkablashadi. Ammo bu boradagi ishlar faol olib borilmoqda. Masalan, AQShda
sayyohlarni milliy bog'lar uchastkalarida taqsimlash muammosi o'rganilmoqda.
Ushbu tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatdiki, chekka zonalar ((
ikki muhit o'rtasidagi
chegara chiziqlar: suv - quruqlik (kuchli ta’sir), o'rmon – o’tloq (o'rta ta’sir),
tepalik - tekislik (kuchsiz ta'sir)) eng yuqori va eng jozibali ta'sirga ega.
So'nggi paytlarda tabiiy landshaftning ekzotiklik darajasi va o'ziga xosligi ham
o'rganilmoqda. Ekzotiklik dam olish joyining doimiy
yashash joyiga nisbatan
qarama-qarshilik darajasi sifatida, o'ziga xoslik esa ob'yekt yoki hodisalarning
takrorlanmasligi darajasi sifatida belgilanadi.
Texnologik baholash hududning ma'lum bir turizm
yoki dam olish turiga
yaroqlilik darajasini, shuningdek uni muhandislik-qurilish jihatidan o’zlashtirish
imkoniyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, agar baholash jarayonida ma'lum bir
resurs turiga asoslangan turli xil baholash usullari qo'llanilsa, sayyohlik salohiyatini
kompleks baholash samaraliroq va ishonchli bo'ladi. Turistik
resurslarni baholash
hududlardagi turizm salohiyatini ochib beradi va uni investorlar uchun yuqori
rentabelli, iqtisodiy va jozibador sohaga aylantiradi.
Dostları ilə paylaş: