10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix02.02.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#82346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati

 
 
10.4-rasm. Raqobatlashgan firmaning uzoq muddatli taklif egri chizig’i 
10.5-rasmning a bo’limi shuni ko’rsatadiki, firma foydaga ishlamoqda. Biz ilgari 
muhokama qilganimizdek, firma narx chekli harajatga teng bo’lgandagi miqdorda 
mahsulot ishlab chiqarish orqaligina foydani maksimallashtirish mumkin. Endi 
ajratilgan to’rtburchakka qarang, to’rtburchakning balandligi P-ATC, narx bilan 
o’rtacha umumiy harajat o’rtasidagi farq. To’rtburchakning kengligi (eni) Q, ishlab 
chiqaarilgan mahsulot miqdori. Shu sababli to’rtburchak yuzasi (P-ATC)*Q, firma 
foydasidir.
Shunga o’xshash, shu rasmning b bo’limi (manfiy foyda) firma yo’qotishini 
ko’rsatadi. Bu holatda, foydani maksimallashtirish yo’qotishni minimallashtirish 
demakdir, bu yana bir marotaba narx chekli harajatga teng bo’lgandagi miqdorda 
mahsulot ishlab chiqarish orqalidir. Endi, bo’yalgan to’rtburchakka etibor bering, 
to’rtburchakning bo’yi (ATC-P), va eni Q, yuzasi esa (ATC-P)*Q, firmaning 
yo’qotishidir. Chunki firma bu holatda o’zining umumiy harajatini qoplashga yetadigan 
daromad olmayapti. Firma bozordan chiqish uchun uzoq muddatli qarorni tanlashi 
mumkin. 
 
10.5a,b-rasmlar. (a) A Firma foyda bilan va (b) A Firma zarar bilan 


Endi bozordagi taklif egri chizig’ini muhokama qilamiz. Bu borada 2 ta vazifa 
oldimizda turibdi. Birinchisi, bozorni firmalarning doimiy sonlari bilan ko’rib chiqish, 
ikkinchisi esa eski firmalar chiqib ketib, yangi firmalar kirgan holatni ko’rsatuvchi 
bozorni o’rganish. Bunda ikkalasi ham muhim, ularning ikkisi ham maxsus vaqt 
oralig’da hizmat qiladi. Qisqa vaqt ichida firmalarning kirib chiqishi qiyin, shu 
sababdan firmalarning doimiy soni taxmini muqobildir. Ammo, uzoq muddat davomida, 
ko’p firmalar bozor holatini o’zgartirishda qatnashishi mumkin.
Bozorni 1,000 ta bir biriga o’xshash firmalarni bilan ko’rib chiqaylik. Har qanday 
berilan narx uchun har bir firma tovar bilan taminlaydi, shu sababli, chekli harajat 
narxga teng. 10.6- rasmning a bo’limida ko’rsatilganidek, bu, narx o’rtacha 
o’zgaruvchan harajatdan yuqorida, har bir firmaning chekli harajat egri chizig’i uning 
taklif egri chizig’idir. Bozorni ta’minlagan tovar miqdori 1000 ta alohida firmalarning 
har biri orqali ta’minlangan tovar miqdorining yig’indisiga teng. Shu sababli, bozor 
taklifi egri chizig’ini hosil qilish uchun, biz bozorda har bir firma orqali ta’minlangan 
miqdorni qo’shamiz. 10.6-rasm b bo’limida ko’rsatilganidek, firmalar o’xshash bo’lgani 
sababli, bozorni ta’minlagan miqdor har bir firma ta’minlagan miqdordan 1000 martta 
ko’p. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin