Bu tahlilni ikkilantiruvchi tomoni ham bor ekan.
Biz avvalgi boblarda
aytganimizdek, raqobatli bozor chekli harajatlarni narxga tenglashishi bilan foydani
maksimallashtirishi mumkin edi. Hozirgina esa bozorga erkin kirib chiqish o’rtacha
umumiy harajatni narxga tenglashishiga olib kelishini ta’kidladik. Ammo agar narx ham
chekli harajatga ham o’rtacha umumiy harajatga teng bo’lsa,
bu harajatlarning ikki
o’lchovi
bir
biriga
mosdir.
Faqatgina
firmalar
ATC
ning
minimumida
boshqarilgandagina MC va ATC teng bo’ladi.
10.7-rasmning (a) qismida firmaning shunday uzoq muddatli muvozanati
ko’rsatilgan. Bu rasmda P narx MC ga teng va firma foydani maksimallashtirmoqda.
Narx ATC ga ham teng, va foyda nolga teng. Yangi firmaning bozorga kirishiga ehtiyoj
yo’q, va mavjud firmalar bozordan chiqib ketishiga ham hojat yo’q.
Dostları ilə paylaş: