10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati
10.7a,b-rasmlar. Firmalar uzoq muddatli taklif egri chizig’i Uzoq muddatli muddatli taklif egri chizig’ining yuqorililashiga ikkita sabab
bo’lishi mumkin. Birinchisi, foydalanilayotgan mahsulotlarni zahirasi cheklangan
miqdorda bo’lishi va ikkinchi sabab firmalarning harajatlarini turlichaligidadir.
Firmalar holatining tahlilidan bozor uchun uzoq muddatli taklif egri chizig’ini
aniqlashimiz mumkin. Erkin kirish chiqishli bozorda nol foydali bitta narx bo’lishi
mumkin, bu ham bo’lsa o’rtacha yalpi harajatning eng kam qiymati. Natijada 10.7-
rasmning (b) qismida mutlaq elastik taklif egri chizig’ida tasvirlangani kabi uzoq
muddatli taklif egri chizig’i bu narxda gorizontal bo’ladi. Bu darajadan yuqoridagi har
qanday narx foydani ko’paytiradi va umumiy taklif miqdorini oshirishga boshlaydi. Bu
darajadan past bo’lgan har qanday narx foydani kamaytiradi va umumiy taklif miqdorini
kamaytiradi va chiqishga undaydi. Natijada bozordagi firmalar soni narxni minimum
ATC ga tenglashtiradi va bu yerda va shu narxda barcha talabni qondirishga yetarlicha
firma mavjud.
Masalan, bo’yoqchilarni olaylik, har qanday bo’yoqchi bozorga kirishi mumkin,
ammo ularning harajatlari bir xil bo’lmaydi. Xarajatlar qisman farq qiladi, sababi kimdir
tez ishlaydi kimdir esa sekin, yana kimdir vaqtdan to’g’ri foydalanishni biladi. Har
qanday berilgan narxga past harajatlar yuqori harajatlarga qaraganda kirib keladi.
Bo’yoqchilik xizmatining miqdorini oshirish uchun boshqalarni ham bozorga kirishida
qiziqtirish kerak. Chunki, yangi kiruvchilarda yuqori harajatlar bo’ladi, narxni esa
ularga ham foyda bo’lishi uchun oshirish kerak bo’ladi. Shu sababdan bo’yoqchilik
xizmati uchun uzoq muddatli bozor taklif egri chizig’i oshadi, xattoki bozorga kirish
erkin bo’lsa ham.