Klassifikatsiyasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix03.02.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#82595
1   2   3   4   5
innovatsion-faoliyat-turlari-yo-nalishlari-va-klassifikatsiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№1 2022 

nazardan - texnologiya, iqtisodiy rivojlanish, siyosiy muammolar, pedagogik 
jarayonning o'zgarishi va boshqalar bilan birgalikda ko'rib chiqiladi. 
Innovatsiya kontseptsiyasining o'zi birinchi marta XIX asr ilmiy tadqiqotlarida 
paydo bo'lgan [4]. Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim 
avstriyalik iqtisodchi Jozef Alois Shumpeter (1883-1950) hisoblanadi. Mutaxassislar 
fikriga ko'ra aynan ushbu olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab 
bergan. Y.A.Shumpeter ilgari surgan g'oyaga ko'ra, joriy etilgan har qanday yangi 
texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib 
topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi. Y.A.Shumpeter o'zining 
«Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» (1911) nomli kitobida birinchi bo’lib "yangi 
kombinatsiyalar" (ya'ni innovatsion muammolar) masalalarini ko'rib chiqdi va 
yangilikning to'liq tavsifini berdi. Keyinchalik "yangi kombinatsiya" atamasi 
o'zgartirilib “innovatsiya” holatiga keltirildi.[5] 
J.A.Shumpater kombinatsiyalarning quyidagi turlarini aniqlagan edi: 
1) yangi texnologiya, texnologik jarayonlardan foydalanish 
yoki ishlab chiqarishni yangi bozorda qo'llab -quvvatlanishi; 
2) yangi xususiyatlarga ega mahsulotlarni joriy etish; 
3) yangi xom ashyodan foydalanish
4) ishlab chiqarishni tahkil etish va xom-ashyodagi o’zgarishlarni texnik 
qo’llab-quvvatlash; 
5) yangi savdo bozorlarini paydo bo’lishi. 
Zamonaviy sharoitda turli mamlakatlar hukumatlari ilmiy sohaga, xususan 
tadqiqot va innovatsiyalarga katta miqdorda sarmoya kiritmoqda. Masalan, 
Germaniya tadqiqot va ishlanmalar uchun taxminan YAIMning 2,7%, AQSh - 2,8%, 
Yaponiya - taxminan 3,5% yo’naltiradi. Iqtisodiyoti o'tish davri mamlakatlari ancha 
kam: Belarusiya - YaIMning 0,74%, Rossiya - 1,04% sarflaydi [6]. Zamonaviy 
tadqiqotlarda innovatsiyalarni tasniflashning turlicha yondashuvlari mavjud. 
Innovatsiyalarni tasniflash innovatsiyalar guruhining o’ziga xos xususiyati, uning 
o’ziga xoslik tomonlarini ochib beradi. Tasniflashni amalga oshirish turli tasniflash 
belgilaridan foydalangan holda sxemalar bo’yicha bo’lishi mumkin. Rus 
adabiyotlarida innovatsiyaning turli tasniflari berilgan. Masalan, A.N.Tsvetkov 
innovatsiyalar va ilmiy-texnikaviy innovatsiyalarni turlicha asoslashni taklif qiladi. U 
innovatsiya va ilmiy- texnikaviy innovatsiyalar bir-birida farq qiladi deb hisoblaydi. 
Uning takidlashicha innovatsiya- bu jarayon, ba’zi bir yangiliklarni amalda 
qo’llashga asoslangan jarayon. [7] 
I.Stepanovaning fikriga koʻra, “innovatsiya” tushunchasi ilmiy-texnika 
salohiyatini real, yangi mahsulot va texnologiyalarni yuzaga chiqaradigan jarayon 
sifatida talqin etiladi. 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin