Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
215
Erishib ani, mohim bo‘lmasa bu yo‘lda hamrohim.
Mahimg‘a kim dey olg‘aykim, manga bu yo‘lda hamroh bo‘l,
Magar shohimki, mohim dardi ishqidindur ogohim.
Manga dnlxoh mohimdur, dog‘i diljo‘y shohimdur
Ki, yo rab, tushmasun ayru ne diljo‘yum, ne dilxohim.
Agar shohim vafosi jomidindur ishrati shomim,
Vale mohim jafosidindurur ohi sahargohim.
Manga
shohim vafosi ham kerak, mohim jafosi ham,
Ki, budur mujibi shavqu tarab, ul — izzatu johim.
Agar mohim Navoiydin jahon naqdin tama’ qilsa,
Ne g‘am, shohimg‘a borib zohinr aylay shayalillohim.
423
Ul quyoshqa, vah, ne had birla bitik aylay raqam,
Noma eltur qush malak bo‘lg‘ay, magar had bo‘lsa ham.
Tayyi arzing bo‘lsa,
ey payki sabo, nomamni elt,
Yo‘qsa qat’ o‘lmas bu yo‘l urmoq bila qosid qadam.
Qosido, jon naqdini ham topshururmen, nomag‘a,
Chun ilik sunsa, ayog‘ig‘a nisor et jonni ham.
Sen borib kelguncha, ey qosid, o‘zumda bo‘lmag‘um,
Jon yetib og‘zimg‘a shavqung shiddatidin dam-badam.
Anglamonkim, ul
haramda bor topqung, yo‘qsa yo‘q,
Bor topsang ham, olib nomang o‘qurmu ul sanam?
Gar o‘qur ham bo‘lsa, radmu bo‘lg‘usi yoxud qabul,
Ham qabuli tushsa, yozg‘aymu javob, aylab karam?
Ey Navoiy, noma ul yon yozg‘ali ne had sanga,
Tut firoq ichra visolining xayolin mug‘tanam.
424
Ey xush ulkim, ofiyat
kunji manga erdi maqom,
Surai vashshamsu vallayl erdi virdim subhu shom.
Subh andin xilvatimg‘a nafxai ruhul quds,
Shom mundin kunji faqrim ravzai dorussalom.
Sayd subham donasi birla maloyik qushlari,
Anda qo‘ymay rishtai zuhdu riyoi birla dom.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: