Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
68
Ey yuzung sham’iyu
zulfung dudidin tarki xirad,
Ko‘ngluma subhi azaldin qism to shomi abad.
Dema, to joning jasadda bo‘lg‘usi, qilg‘um jafo,
Qayda qolmish jon manga, chun za’fdin yo‘qtur jasad.
Menu ko‘yung qaydakim devona, balkim devmen
Kim, malak xaylig‘a yo‘q gustox aning tavfig‘a had.
Gar bori ishq ahlin o‘z ko‘nglung
uchun qilding qabul,
Men necha mardud esam, tengri uchunkim, qilma rad.
Xastalig‘ ko‘rkim, bo‘lur har dam hayotim munqati’,
Gar nafasqa dam-badam chiqmaqqa jon qilmas madad.
Istasang olam eli mahsudi o‘lmoq, zinhor
Yema yuz olamcha elga tengri bergandin hasad.
Ey Navoiy,
kasb oyini fano qil, uylakim
Umrning miodi yetkanda kerak bulsang muad.
ZOL HARFINING ZAVIL HAYoTLARINING ZUFUNUNLIG‘I «FAVOYID»DIN
129
Ishq amrig‘a erur kavnu makon ichra nafoz,
Shohning hukmig‘a andoqki jahon ichra nafoz.
Ishq ahkomi ko‘zu ko‘nglum arodur joriy
Ki, qazo amrig‘adur bahr ila kon ichra nafoz.
Yer
har ne desa, ma’mur erur ushshoqi
Ki, aning so‘zigadur jonu jahon ichra nafoz.
Ahli savdo eshitur har ne ko‘ngul desaki, bor
Shahna buyrug‘ig‘a bozoru do‘kon ichra nafoz.
Qonima, amrini istarki, ravon qilsa raqib
Ki, ajal hukmig‘adur jonu ravon ichra nafoz.
Dayr pirig‘a haqorat bila ko‘z solmaki, bor
Amrig‘a kufr elida yaxshi-yamon ichra nafoz.
Ishq dargohida qul bo‘ldi Navoiykim, bor
Amru farmonig‘a paydovu nihon ichra nafoz.
130
Tikibtur boshig‘a jonona ta’viz,
Kerakkim, tiksa bu devona ta’viz.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
69
Boshingg‘a evrulub sadqang bo‘layin
Ki, bastur sham’g‘a parvona ta’viz.
Qo‘p, ey roqiyki, tumoring kerakmas,
Netay bo‘lsa
pariy begona, ta’viz.
Sening ruq’angni chun bo‘ynumg‘a ostim,
Bu majnung‘a kerakmas yona ta’viz.
Manga ta’viz ul oy qissasi, bas,
Erur oshiqqa ul afsona ta’viz.
Jununum daf’ig‘a baskim yozilmish,
To‘ladur go‘shai vayrona ta’viz.
Navoiy ayshi hifzig‘a ne yetmas,
Xati sog‘ar bila paymona ta’viz.
131
Bo‘la olsa labing ollida Masiho tilmiz,
Yangi boshtin yana topqay edi ihyo tilmiz.
Bo‘lsa
Farhod ila Majnun, ne ajab, shogirdim,
Istasam ishqu jununda meni shaydo tilmiz.
Sho‘xlug‘ maktabida sendin etib kasb atfol,
Aylamaslar biri ustodg‘a aslo tilmiz.
Ishq ta’limgahidin ko‘ngul istar maxlas,
Qilg‘ay ozodlig‘ andoqki tamanno tilmiz.
Ko‘zung
ofat aro ustod, vale xolu xating
Davr urub ollida o‘rgangali yag‘mo tilmiz.
Maktabi ishq aro men telbaradim, demangkim,
Misli Majnun yana bir bo‘lmadi paydo tilmiz.
Ishq zindonida g‘am shomi, Navoiy, u nedur,
Qilsa kech uylaki maktab aro g‘avg‘o tilmiz.
Dostları ilə paylaş: