Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
84
Dahr bog‘ining gulida yo‘q vafo, bu turfakim,
Sarzanishqa xorii yuz ming til bilan tannozdur.
Bo‘ldi gulshan qushlari xomush nolang huznidin,
Ey Navoiy, bu ne gulbongu hazin ovozdur.
160
Yuzung ravshan,
enging ham ravshan, ey hur,
Alarning shonida nurun alonur.
Iki qotil ko‘zung bemorimenkim,
Erurlar ayni usruklukda maxmur.
Chu bo‘ldi javri bemiqdor, derlar:
Kech andin, vah, manga bu ish ne maqdur.
Aning husnicha ishqim tutti shuhrat
Ki, bo‘ldi sham’icha parvona mashhur.
Ne tong biym o‘lsa ishqingdin ko‘ngulga
Ki, bor o‘tdin harosan tab’i mahrur.
Xiradqa bizni targ‘ib etma,
ey shayx,
Bu ishdin tut junun ahlini ma’zur.
Visol et elga qism, ey charx, baskim,
Navoiy mahvashidin bo‘ldi mahjur.
161
So‘zi hajring ichra jismi zori g‘amnok o‘rtanur,
Uylakim, barqi balo choqilsa, xoshok o‘rtanur.
G‘am tuni ul husn sham’i boshig‘a parvonadek,
Evrulub har lahza bu joni havasnok o‘rtanur.
Kuydi ko‘nglum istabon ishqin fidoilig‘ bila,
Kimsa o‘t
uzra nechakim borsa bebok, o‘rtanur.
Subhidam gulgun bulut yo shom ham gulgun shafaq,
Yo ul oy hijronida holimg‘a aflok o‘rtanur.
Ishq ko‘nglumga tushub, nobud bo‘ldi ruhu nafs,
O‘t chu bir kishvarga tushti — poku nopok o‘rtanur.
Chustluq birla qutulmoq ishqidin mumkin emas,
Necha bo‘lsa shu’lada
parvona cholok, o‘rtanur.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: