Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
Manga mayxona kunji multajo bas. 
Navo ma’shuqdin gar tutsa ushshoq,
Navoiyg‘a navosizlig‘ — navo bas. 
237 
Ey ko‘ngul, holimg‘a ul oy rahm qilg‘udek emas,
Zorlig‘ birla ishim andin ochilg‘udek emas. 
Ishqida rasvolig‘im ul nav’ bo‘ldi foshkim,
Zuhdu ismat pardasi birla yopilg‘udek emas. 
Jomi ishqidin ko‘ngul ul nav’ erur masti xarob
Kim, qiyomat bazmig‘a tegru ayirg‘udek emas. 
Uyla ishqi dashtida majnun ko‘ngul ovoradur
Kim, pariylar istagan birla topilg‘udek emas. 
Soqiyo, la’ling mayidin gar iloje qilmasang,
Bu xumorim la’li may birla yozilg‘udek emas. 
Dard o‘tin qilg‘an havas avval ko‘ngulni o‘rtadik
Kim, ul o‘t har xom ko‘ngliga yoqilg‘udek emas. 
Ey Navoiy, ul pariyvashdin vafo ko‘z tutmag‘il
Kim, junun ahlini aslo ko‘zga ilg‘udek emas. 
238 
Zulfidur ko‘nglumda har dam, oh chekmak sud emas
Kim, havog‘a mushku anbar gardi butrar, dud emas. 
Husni vasfin demakim, ishqim kebi poyoni yo‘q,
Mehridin ne deykim, ul sabrim kebi mavjud emas. 
Yuz vafo ahd aylasang, yo‘qtur vafoi ahd hech,
Kim, sening ahdingg‘a oyini vafo ma’hud emas. 
Lablaring hajrinda jonim qasdig‘a ko‘z davrida,
Neshlardur la’lgun, mujgoni xun olud emas. 
Dog‘i ishqin ko‘ngluma qo‘ydum, qanoat qilmadi,
Qalbi soyildekki, olib bir diram, xushnud emas. 
Anglag‘il nobudini yuz qatla xushroq budidin,
Solikekim, faqr aro budi aning nobud emas. 
Shayx agar yopti Navoiyg‘a eshik, rasvo debon,
Shukr erurkim, afvu rahmat eshiki masdud emas. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
239 
Qilding ofat barqidin jonimg‘a o‘t yoqmaq havas,
Tifl o‘t yoqmoq uchun qilg‘andek o‘t choqmaq havas. 
Telba ko‘nglum shu’lai ishqingni asrar jon aro,
Uylakim ahli junun aylarlar o‘t yoqmaq havas. 
Yo mizojing tund ekandin, yo raqibing vahmidin,
Boqa olmon necha ko‘z istar sanga boqmaq havas. 
Ishq jurmin bo‘ynuma tuttum, vale bu jurm uchun,
Qilmading zulfung tanobin bo‘ynuma toqmaq havas. 
Sayli ashkim istaram sursam, vale ko‘yung sari,
Istamon vayron qilur andishadin oqmaq havas. 
Bazmi himmat ichra may ichsam, qilurmen hazl uchun,
Charxning farqi uza rad ilgini qoqmaq havas. 
Necha o‘t yoqmaq havas qilg‘ung Navoiy jonig‘a, 
Anda bir qilsang bo‘lur marham dog‘i yoqmaq havas. 
240 
G‘amzangni kishi nazzora qilmas
Kim, bag‘rini pora-pora qilmas. 
Dardimg‘a agarchi yo‘q shumora,
Ishqing muni ham shumora qilmas. 
Bechora meni dengiz g‘am ichra
Kim, yor g‘amimg‘a chora qilmas. 
Qilg‘anni jahong‘a ohu ashkim,
Charx aylamasu sitora qilmas. 
Ishq qildi ko‘ngulga dardi hajring
Kim, shishag‘a sangi xora qilmas. 
Topmas kishi dahr bazmidin kom,
Kim, majma’idin kanora qilmas. 
Xilvat aro kirgali Navoiy,
Juz maxlasin istixora qilmas. 
241 
Ul oy bo‘lmay manga mahbubu ma’nus,
Meni vaslidin etti charx ma’yus. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin