Xasanboy Abdusalomovich Ibragimov


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 251,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix04.02.2023
ölçüsü251,2 Kb.
#82786
1   2   3   4   5   6
512-517

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 516 www.ares.uz 
ya‘ni yurakning qisqarish tezligiga ham ta‘sir etadi. Agar mashq qilmagan kishining 
yuragi tinch holatda minutiga 90 martaga yaqin qisqarsa, sportchilar va mashq qilib 
chiniqqan kishilarning tomir urish tezligi 50—60 orasida o‗zgarib turadi, ko‗p 
yillardan buyon uzoq masofaga yugurish, suzish, chang‗ida yugurish, bo‘yicha mashq 
qilib kelayotgan ba‘zi sportchilarning tomir urishi esa minutiga 50 martagacha yetadi. 
Mashhur yuguruvchi aka-uka Znamenskiylarning tomir urushi minutiga 40-45 
martadan oshmasligini amaliyot ko‗rsatgan. Agar bemorning tomir urushi minutiga 
35-40 martaga tushib qolsa, uni davolayotgan vrach juda ham tashvishlangan 
bo‗lardi! Mashq qilib kelmagan va buning ustiga o‗rta yoshda bo‗lgan odamda tomir 
urishining bunchalik pasayib ketishi yurakni oziqlantiruvchi tomirlarning 
kasallanganligidan darak bergan bo‗lar edi. 
Jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanuvchi odamning yuragi tejamli ishlaydi 
(qisqaradi). Uning qisqarishlari mashq qilmagan odamning yuragiga nisbatan ancha 
chuqur bo‗lib, mashq qilib kelgan odamning yuragi har qisqarganida mashq qilmagan 
odamning yuragi qisqargandagiga nisbatan aortaga ancha ko‗p qon oqib o‗tadi. 
Mashq qilib chiniqqan yurak zo‗r kuch sarflanadigan jismoniy harakatlar vaqtida, 
o‗zi hech qancha zararlanmay turib, ancha tez qisqara boshlashi va tezda o‗zining asli 
holatiga qaytishi mumkin. Musobaqalar vaqtida sportchining yurak qisqarishi ba‘zan 
minutiga 240-280 marta gacha yetadi. Chiniqmagan yurak bunday zo‗riqishlarga
badosh bera olmaydi. Fiziologik ma‘lumotlarning ko‗rsatishicha, chiniqqan yurak 
zo‗r berib ishlaganda yurak qorinchalarining har bir qisqarishida aortaga va o‗pka 
arteriyasiga ikki stakan qon otib bera oladi. Minutiga ikki yuz marta qisqarganida esa 
bu raqam 80 litrni tashkil etadi. Bunday holatda yurakning bajaradigan ishi 65 
kilogramm og‗irlikdagi odamni 1 metr balandlikka ko‗tarish uchun bajariladigan ish 
bilan baravar keladi. Og‗irligi qandaydir 300-400 gramm keladigan kichkinagina 
organ ana shunday katta ishni bajaradi. Yurakni shoirona nafis qilib tasvirlovchi 
shoirlar va yozuvchilar buni bilisharmikan, yosh qalblarida paydo bo‗lgan ezgu-
umidlarni o‗ylab, oh chekuvchi yosh xayolparastlar va, nihoyat, yurakni kun sayin 
nikotin va alkogol bilan zaharlab keluvchi, uni jismoniy mashqlarning hayotbaxsh 
ta‘siridan va, binobarin, yurak muskullarini to‗g‗ri hamda yetarli oziqlanishdan 
mahrum etuvchi kishilar buni bilisharmikan? Ehtimol, quruq raqamlar ularga uncha 
ko‗p ta‘sir ko‗rsatolmas - bunday kishilar bu raqamlarga qo‗l siltab, yurakning 
musobaqa vaqtida bajargan ishi taxminan 25 tacha odamni besh qavatli binoning 
tepasiga chiqarib qo‗yish uchun yetarlidir, chang‗ichi yuragining ikkala qorinchasi 
shu vaqt ichida haydab bergan qonning miqdori esa 35 tonnaga — yuk ortilgan katta 
temir yo‗l sisternasiga tengligichi. 



Yüklə 251,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin