Xasanboy Abdusalomovich Ibragimov


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 251,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix04.02.2023
ölçüsü251,2 Kb.
#82786
1   2   3   4   5   6
512-517

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 514 www.ares.uz 
qorin solib yuborganlar. Bir vaqtlar dong taratgan mashhur polvonlar, bokschilar va 
gimnastikachilarda ham yoshlikda qattiq jismoniy mehnat va sport bilan shug‗ullanib, 
keyinchalik urinmay hayot kechira boshlagan kishilarga o‗xshab, muskul to‗qimalari 
odatda kichiklashadi va ular o‗rnini yog‗ to‗qimalari egallaydi. Muntazam jismoniy 
mashqlar natijasida muskullar bo‗yiga emas, balki muskul tolalarining 
yo‗g‗onlashishi hisobiga, eniga qarab o‗sadi. Muskullarning hajmi ko‗pincha juda 
ham kattalashib ketadi. Muskullarning «kuchi faqat ularning yo‗g‗onligigagina emas, 
balki markaziy «nerv sistemasidan muskullarga kelib turadigan nerv impulslarining 
kuchiga ham bog‗liqdir. Doimo jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanuvchi shaylangan 
odamda markaziy nerv sistemasidan muskullarga kelib turuvchi nerv impulslari 
muskullarni mashq qilib shaylanmagan kishilardagiga nisbatan zo‗rroq kuch bilan 
qisqarishga majbur etadi, muskullarning jismoniy mashqlar ta‘sirida vujudga 
keladigan yana bir xususiyati — cho‗ziluvchanligining kuchayishidir. Bu esa ish 
faoliyatining xususiyatiga ko‗ra, uzoq vaqt bir xil vaziyatda o‗tirishga majbur 
bo‗ladigan, masalan, stolda o‗tirib yozuv-chizuv bilan, rasm chizish va hokazo ishlar 
bilan band bo‗ladigan va shu sababli gavda hamda bo‗g‗imlarining harakatchanligi 
yo‗qola boradigan yoshi ulg‗aygan kishilar uchun ayniqsa muhimdir. Uzoq vaqt 
mana shunday bir xil vaziyatda bo‗lish gavdaning to‗g‗ri formasini, qo‗l va 
oyoqlarning xaqqonligini yo‗qotishga olib keladi. Bo‗g‗imlar harakatchanligining 
kamayishi va gavdaning bukrisimon, bukchaygan bo‗lib qolishi — hayotimizda tez-
tez uchrab turadigan voqeadir. Bu holatlar ayrim muskul gruppalarida 
cho‗ziluvchanlikning yo‗qolishi natijasida kelib chiqadi. Juda kam cho‗ziladigan pay 
bog‗lamlarining aksicha, muskullar juda yaxshi cho‗ziluvchan bo‗lib, hatto o‗rta va 
keksa yoshdagi odamlarda ham bu xususiyatini saqlab qoladi.»

Yüklə 251,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin