Xasanboy Abdusalomovich Ibragimov



Yüklə 251,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix04.02.2023
ölçüsü251,2 Kb.
#82786
1   2   3   4   5   6
512-517

 
KIRISH
 
Odam necha yoshda bo‗lsa ham jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanib turishi 
maqsadga muvofiqdir. Inson juda yosh chog‗idan boshlab, to juda keksayib qolgunga 
qadar organizmidagi har qanday organ va sistemalarga xilma-xil ta‘sir ko‗rsata 
oluvchi jismoniy mashqlarni bajarishga qodirdir. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
 
Jismoniy mashqlar odam organizmiga har taraflama ta‘sir ko‗rsatadi va bironta 
ham hujayrani mashq maqsadida qilinadigan harakatlar ta‘siridan chetda
qoldirmaydi. Bu har bir hujayraga, har bir to‗qimaga, shu jumladan, suyak 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 513 www.ares.uz 
to‗qimalariga ham bir xilda taalluqlidir. Jismoniy mashqlar muskul to‗qimasi singari 
suyak to‗qimasiga ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu faktni ayrim muskul gruppalariga 
boruvchi nervlarni qirqib qo‗yish yo‗li bilan o‗tkaziladigan qiziq tajriba orqali 
isbotlash mumkin. (Bu nervlar qirqili- shi bilan muskullarning ishi to‗xtab qoladi). 
Bunday holat bir «necha oy davom etganidan keyin suyaklar ochilib, tekshirib 
ko‗rilganda quyidagi o‗zgarishlar yuz berganligi aniqlangan. Hayvonlarning qirqilgan 
nervli muskullar birikkan suyaklari eniga va bo‗yiga o‗sishdan to‗xtab qolgan, chunki 
muskullar paralichlangan holatda bo‗lib, suyaklarni harakatlantira olmas edi. Bu 
suyaklar harakatsizlik natijasida nimjon va mo‗rt bo‗lib qolgan. Nervlari qirqilmagan 
va shu tufayli muskullari normal ishlab turgan boshqa tajriba nazoratidagi
hayvonlarning suyaklari esa eniga ham, bo‗yiga ham to‗g‗ri rivojlanganligi 
kuzatilgan. Suyaklardagi muskul paylari kelib birikadigan bo‗rtma va o‗siqlar 
jismoniy mehnat qiluvchi kishilarda hamda jismoniy mashqlar bilan ko‗pdan buyon 
shug‗ullanuvchi sportchilarda, ayniqsa, yaxshi rivojlanganini anatomlar allaqachon 
qayd qilganlar. Faqat jismoniy mehnat va sport bilan shug‗ullanuvchi kishilardagina 
qo‗l va oyoqlarning rentgen suratida bo‗rtma va o‗siqlar aniq ko‗rinib turadi, bu esa 
muskullarning qisqarish kuchi ta‘siriga duchor bo‗lib turadigan joylarning yaxshi 
rivojlangani, o‗sgani va mustahkamlanganidan dalolat beradi. Sport bilan 
shug‗ullanmaydigan Kam harakat kishilarda ana shu bo‗rtmalar rentgen suratida zo‗r-
bazo‗r ko‗zga ilinadi. 
Jismoniy mashqlarning ta‘siri ostida muskullarda kattagina 
o‗zgarishlar ro‗y beradi. Har birimiz yaxshi bilamizki, agar gavdamiz muskullari 
uzoq vaqt harakatsiz turib qolsa, bo‗shashib, quvvatsizlanadi va kichraya boshlaydi. 
Bunday holatni kabinet xodimlarida yoki sinish-chiqish natijasida qo‗l yoki oyog‗i 
gipslab qo‗yilgan bemorlarda uchratish mumkin. Sport bilan muntazam 
shug‗ullanish, muskul tizimlariga jismoniy mashqlarning doimo ta‘sir etishi — bu 
tizimning mustahkamlanishiga, rivojlanishiga va hajmining kattalashuviga yordam 
beradi. Binobarin, agar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishni keksayib 
qolgunga qadar ham to‗xtatilmasa, gavdaning tashqi ko‗rinishi o‗zining butun 
go‗zalligini saqlab qoladi hamda kishida sport bilan shug‗ullanmagan 50—60 
yoshlardagi odamning gavdasini ko‗rgandagidek achinarli taassurot qoldirmaydi. 
Masalan, 55 yoshli I. Poddubniy, 60 yoshlik K. Bul, A. Buxarov va boshqa ko‗pgina 
kishilarning bir necha yillar davomida mashq qilib chiniqqan muskul tizimi
muskullarning hajmi va mustahkamligi jihatidan hali anchagina yosh bo‗lgan 
sportchilarning muskul sistemasidan qolishmasligini amaliyot kursatgan. Aksincha, 
bir vaqtlar mashhur sportchi bo‗lgan va keyinchalik sportni butunlay yig‘ishtirib 
qo‗ygan kishilar 40-45 yoshga borganlarida gavdalarini yog‗ bosib, haddan tashqari 



Yüklə 251,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin