21
ta’minlashga ham xizmat qilmoqda. Eksport va
importning tarkibi keskin
o’zgardi. Mustakillikkacha O’zbekiston chetga xom ashyo chiqaradigan va
tayyor mahsulotlar, asosan, iste’mol mollarini
olib keladigan mamlakatdan
bugun qo’shimcha qiymat yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlarni tobora ko’p
va keng eksport qilayotgan, ishlab chiqarishni texnik va texnologik
modernizasiya kilishga muljallangan texnika va
asbob -uskunalarni import
qiladigan mamlakatga aylandi. Mashina va uskunalarning im port tarkibidagi
ulushi izchil o’smokda: 1990 yilda 12,1 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 201 0
yilda 44,1 foizgacha yetdi.
Eksportning tarkibi diversifikasiya qilinishi natijasida paxta tolasi
ulushi jiddiy kamaydi. Uning eksportdagi ulushi 1990 yilda 59,7 fo izni
tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 11,3 foizdan oshmadi.
Oziq-ovqat
mahsulotlari importa o’tgan davr mobaynida 48,9 foizdan 10,9 foizga
tushdi.
30
Tashqi savdo geografiyasi ham diversifikasiyalashdi. Ilgari, birinchi
navbatda, sobiq ittifoq tarkibidagi respublikalar va sosialistik lagerga
kiruvchi
mamlakatlar, sosialistik yo’nalishni tanlagan davlatlar bilan tovar
ayirboshlash va savdo-sotiq amalga oshirilishi shart bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: