7-8-9-Amaliy.Mavzu.
Isitish yordamida texnologik funksiyalarni
amalga oshirish (bug‘latish apparatlari, distillyatorlar )
apparatlarini xisoblash.
Reja:
1
. Bug‘latish chanlari.
2.
Bug‘latish chanining kommunikatsiyalar sxemasi
3. Vakuum-bug‘latish apparatlari
4. Rossi va Katelli firmasining vakuum-bug‘latish qurilmasi sxemasi
Bu
apparatlar meva pyurelari, murabbo, djem, povidlo, quyultirilgan tomat
mahsulotlari, quyultrilgan meva va sabzavot konsentratlari ishlab chiqarishda keng
foydalaniladi.
Uning bir necha turlari mavjud.
Bug‘latish chanlari. Tomat-pyure ochiq bug‘latish chanlarida pishiriladi.
Ularga mahsulotni isitish uchun mis zmeeviklar o‘rnatilgan.
Bug‘latish chanlariga xizmat ko‘rsatish kommunikatsiyalari quyidagi
quvurlardan iborat (1.79-rasm): yuklash 7; tushirish 11, bug‘ 3; suv 4 (zmeevikka
suv berish uchun); kondensat 10 (zmeevikdan kondensat va sovutish suvini chiqarib
yuborish uchun, kondensat ketkazish quvuri oldida aylanma quvur bo‘lib u
kondensat ketkazish quvurini o‘chirish imkonini beradi); suv 9; kanalizatsiya 1
quvurlari.
Chan yuk tushirish va kanalizatsiya quvurlari
bilan umumiy patrubok
yordamida uch yo‘nalishli kran orqali ulanadi.
Changa tomat massasi quyib turish va massani chandagi sathini doimiy
balandlikda ushlab turish jarayonini avtomatlashtirish uchun yuklash quvuriga
ikkilamchi pribor va regulyator 6 orqali bajaruvchi mexanizm 8-ga ta’sir
etuvchi
datchik 2 o‘rnatiladi.
Chandan tomat-pyure tushurib olingandan so‘ng uning ichkarisi suv bilan
yuviladi. Yuvishdan ilgari tomat qoldiqlari chayilib yo‘qotish kamayishi uchun
yangi partiya pulpaga qo‘shib yuboriladi. Zmeeviklarda nagar bor-yo‘qligi tekshi-
riladi.
Nagar kletchatka, boshqa polisa-xaridlar va oqsil kuyindilaridan iborat
bo‘ladi. Nagar issiqlik uzatishni keskin yomonlaydi,
kulga aylangan zarralar
mahsulotga qo‘shilib uning rang va ta’mini keskin yomon qiladi. Zmeeviklar
ustidagi nagar uning ustiga issiq 30-40%-li kaustik soda eritmasi yuborish yo‘li bilan
ketkiziladi, keyin chan yaxshilab yuviladi va suvlar kanalizatsiyaga oqiziladi.
1.79-rasm. Bug‘latish chanining kommunikatsiyalar sxemasi
Changa zmeevik ko‘milguncha tomat massasi solinadi.
Agar zmeevikni bir
qismi ochilib qolsa uning usti quriydi va tez orada nagar hosil bo‘ladi.
Tomat massasi issiq (90
0
S) bo‘lishi kerak, bu zmeevikka bug‘ qo‘yilgan
zahoti qaynashni ta’minlaydi, bug‘latish vaqtida ko‘piklanish bo‘lmaydi. Tomat
pulpasi tarkibidagi havo pufakchalari uni o‘rab turgan sovuq tomat massasi bilan
muvozanatda turadi. Isitish natijasida pufakchalar tez suzib yuzaga chiqadi, ko‘pik
bo‘laklarini hosil qiladi. Agar ko‘pik hosil bo‘lsa operator tomonidan u sovuq suv
bilan urib yo‘q qilinadi.
Chan to‘ldirilgach zmeevikdan 1 daqiqa davomida o‘tgan safargi pishirishdan
qolgan suv va havo chiqariladi. Keyin bug‘ ventili to‘liq ochiladi va zmeeviklarga
0,7-0,9
mPa bosimda bug‘ beriladi.
Bug‘latish davomida changa uzluksiz ravishda
pulpa quyilib turiladi, aks
holda chanda pulpa miqdori kamayib zmeevik yuzasi ochilib qolishi mumkin. Chan
ichidagi pulpaning konsentratsiyasi talab etiladigan konsentratsiyadan 2-3% kamroq
bo‘lganda pulpa quyish to‘xtatiladi.
Bug‘latish vaqtida ajralgan suv miqdori W quyidagi formula yordamida
hisoblanadi
W = g (1-
2
1
m
m
)
bunda
g - bug‘latishga kelgan massa miqdori,
kg;
m
1
, m
2
– massadagi quruq
moddaning boshlang‘ich va oxirgi miqdori,
%.
Mahsulotning kerakli konsentratsiyasiga erishgach bug‘ berish to‘xtatiladi va
zmeevik yuzasi ochilib unda nagar hosil bo‘lmasligi uchun zmeevikka sovuq suv
beriladi. Ayni vaqtda pyureni apparatdan tushurish boshlanadi.
15% konsentratsiyali tomat-pyure ishlab chiqqanda bug‘latishning o‘rta
davomiyligi 25-30 daqiqa, 20%-da 40-50 daqiqani tashkil etadi.
Tomat massasini qaynatganda hosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘lar past bosimda
ishlaydigan apparatlar va suvlarni isitishda ishlatiladi.
Zmeeviklarni ko‘zdan kechirish va tozalashda
ishchilarni xavfsizligini
ta’minlash maqsadida chan ikkilamchi bug‘larni olib ketish tarmog‘idan ventil
yordamida ajratilishi kerak. Lyuk-lazlar faqatgina quvurlar ajratilgandan keyin
ochiladigan holda loyihalashtirilgan.