Vakuum-bug‘latish
apparatlari.
Tomat-pasta
vakuum-bug‘latish
apparatlarida pishiriladi. Havo bilan kontaktni yo‘qligi va pulpaning vakuum ostida
qaynash temperaturasining pasayishi vitaminlar, rang berish moddalari va boshqa
qimmatli komponentlarni saqlab qolishni ta’minlaydi.
Tomat massasining qaynash temperaturasini pasaytirilganligi vakuum-
apparatlarda past bosimli bug‘ni ishlatish imkoniyatini beradi. Natijada katta
miqdorda bug‘ iqtisodlanadi.
Tomat-pasta ishlab chiqarishda quyida ko‘riladigan vakuum-bug‘latish
apparatlari keng tarqalgan.
Unumdorli xom ashyo bo‘yicha 150 t/sutka bo‘lgan liniyalarda ishlatish
uchun mo‘ljallangan “Lang” (Vengriya) va Manzini (Italiya) liniyalarining vakuum-
bug‘latish komplekslari quvurli apparatlar 2 va 3 hamda isitish kamerasiga ega
apparatdan iborat. Isitish kamerali apparat vertikal konsentrik o‘rnatilgan
silindrlardan iborat bo‘lib aralashtirgich bilan ta’minlangan.iborat (1.80-rasm).
Apparatlar uch korpusli batareya ko‘rinishida ulangan. I korpuc bosimi 0,12 MPa
bo‘lgan bug‘ bilan isitiladi. II va III korpuslar I korpusning ikkilamchi bug‘i bilan
isitiladi. Birinchi korpusdagi qolgan bosim 61 kPa-ni (vakuum 300 mm sm. us.), II
va III korpuslarda esa – 8 kPa (vakuum 700 mm sm. us.)-ni tashkil etadi.
1.80-rasm. “Lang-150” rusumli uch korpus 1.81-rasm. «Yedinstvo-200» rusumli ikki
li vakuum-bug‘latish qurilmasi sxemasi. korpusli vakuum-bug‘latish quril-
Yig‘uvchi 1-dan tomat massasi bug‘latish kompleksining I korpusi 2 -ga
so‘riladi, undan II korpus 3-ga o‘tadi va so‘ngra nasos 4 yordamida III korpus 5-ga
конденсаторга
ко
нде
нса
то
рга
маҳсулот
иккиламчи буғ
ўткир буғ
yuboriladi. Nasos 6 tomat massasini resirkulyatsiyaga beradi. Mahsulot uzatish
quvurida avtomatik elektron refraktometr 7 o‘rnatilgan. Mahsulotning talab etilgan
konsentratsiyasi (quruq modda miqdori 30%)-ga erishgandan so‘ng refraktometr
bajarish mexanizmiga impulslar yuboradi (klapan 9) va nasos 8 tomat-pastani
tushuradi.
Unumdorligi 200 t/sutkasiga bo‘lgan “Yedinstvo” rusumli ikki korpusli
vakuum-bug‘latish kompleksi isitish yuzasi tashqariga chiqarilgan apparatlardan
iborat. Bu apparatda (1.81-rasm) vertikal quvurli qaynatgik A va separator B
mavjud. Qaynatgichda namlik bug‘lanadi. Qaynatgich ust va ost qismlari bilan
separatorga tutashgan.
1.82-rasm. “Lang-300” rusumli uch kor- 1.83-rasm. “Lang-300” rusumli ikki kor-
pusli vakumm-bug‘latish qurilmasi pusli vakuum-bug‘latish qurilmasi
sxemasi sxemasi.
Apparatda massaning sirkulyatsiyalanishi tomat massasi kirgan separator va
bu massaning bug‘lar bilan aralashmasi hosil bo‘lgan qaynatgichdagi gidrostatik
bosimlar farqi tufayli vujudga keladi. Tomat massasi qaynatgichning trubkalarida
ko‘tarilib katta tezlik bilan separatorga kiradi va bug‘lardan ajraladi, so‘ngra esa
yana qaynatgichga yo‘naltiriladi. Ikkilamchi bug‘lar separatordan kompleksning II
korpusini isitish uchun yoki kondensatorga yo‘naltiriladi. Qurilma ba’zan massani
uzluksiz separatordan qaynatgichga haydab beruvchi sirkulyatsion nasos bilan
ta’minlanadi.
Tomat massasi yig‘uvchi 1-dan bosim farqi hisobiga 2 va 3 korpuslar orqali
o‘tadi va nasos 4 yordamida tushuriladi. I korpus 2-da qoldiq bosim 61 kPa-ni tashkil
etadi, II korpusda 3-8 kPa. I korpus 0,15 kPa bosimli o‘tkir bug‘ bilan isitiladi, II
korpus – I korpusning ikkilamchi bug‘i bilan isitiladi.
Sutkasiga 300 t tomatni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan uch korpusli
“Lang” vakuum-bug‘latish qurilmasi tashqariga chiqarilgan isitish yuzali
apparatlardan iborat (1.82-rasm). I korpus umumiy umumiy separator 2 xizmat
ko‘rsatadigan ikki kalorizator 1-ga ega. Apparatda qoldiq bosim 61-47 kPa
oralig‘ida ushlab turiladi. Quvurlar aro bo‘shliqda temperatura 92-100
0
S. II (3) va
III (5) korpuslarga umumiy egik to‘siq bilan ikki bo‘lakga ajratilgan separator 4
xizmat ko‘rsatadi. Umumiy korpuslarda qoldiq bosim 8 kPa ko‘rsatkichda
ushlanadi, isitish esa birinchi korpusning ikkilamchi bug‘i energiyasi hisobiga
amalga oshiriladi.
Tomat massasi qurilma orqali uzluksiz oqimda o‘tadi. I va II korpuslarda
tomat massasining sirkulyatsiyasi tabiiy, III korpusda esa – majburiy, ya’ni nasos 6-
ning yordamida amalga oshiriladi. 30%-li tomat-pasta III korpusdan nasos 7-ning
yordamida qadoqlash mashinasiga haydaladi.
Unumdorligi sutkasiga 300 t tomatni tashkil etuvchi ikki korpusli ”Lang”
vakuum-bug‘latish qurilmasi ichiga qurilgan quvurli isitgichdan iborat
apparatlardan tashkil topgan (1.83-rasm). II korpus vertikal shnek shaklidagi
aralashtirgich 3 bilan ta’minlangan. I korpus 1-da qoldiq bosim 48-41 kPa oraliqda
ushlanadi. II korpus 2-da 10-8 kPa. I korpus o‘tkir bug‘ bilan 0,12 kPa bosim ostida
isitiladi. I korpusning ikkilamchi bug‘lari II korpusni hamda bug‘latishga
kiritilayotgan tomat pulpasini isitadi. II korpusda massaning resirkulyatsiyasi nasos
4 yordamida amalga oshiriladi. Xom ashyoni qayta ishlash bo‘yicha unumdorligi
500 t/sutka bo‘lgan “Yedinstvo” uch korpusli vakuum-bug‘latish qurilmasi
tashqariga chiqarilgan quvurli isitish yuzasidan iborat (1.84- rasm). I korpus 1-da
qoldiq bosim 81 kPa, II va III korpuslar 2 va 3-da - 8 kPa miqdorda ushlanadi. I
korpus bosimi 0,2 kPa -ga teng o‘tkir bug‘ bilan isitiladi, II va III korpuslar – I
korpusning ikkilamchi bug‘i bilan isitiladi. I korpusning isitish kamerasidan
ketayotgan kondensat bug‘latishga issiqlik almashinish apparatidan uzluksiz
kiritilayotgan pulpani isitish uchun ishlatiladi. “Lang” (Vengriya) firmasining
“Ras” turdagi, “Manzini” (Italiya) firmasining “Titan” turdagi kabi vakuum-
bug‘latish qurilmalari, birgina vertikal korpusdan iborat bo‘lib, unda bug‘latish ikki
bosqichda amalga oshiriladi (1.85- rasm).
1.84- rasm. “Yedinstvo-500” vakuum-bug‘latish qurilmasining sxemasi.
Tomat pulpasi quvurli isitish kamerasining yuqori zonasi A-ga kiradi. Unda
pulpa 7-8 kPa g‘ga teng qoldiq bosim bilan bug‘latiladi. A zonasi ostki B zonasining
ikkilamchi bug‘i bilan isitiladi. A zonasidan tomat massasi o‘z o‘zani bilan nasos 1-
ga keladi va uning yordamida B zonasiga uzatiladi. B zonasi ikki aylanuvchan silindr
shaklidagi isitgich bilan ta’minlangan. B zonasida quyultirish davomida massa
vertikal aralashtirgich 3 bilan aralashtirib hamda nasos 2 yordamida sun’iy
sirkulyatsiyalanib turiladi. Massaning B zonasida qaynash temperaturasi 60-65
0
S-
ni, isitish bug‘ining temperaturasi 92-97
0
S-ni tashkil etadi.
1.85-rasm.
“Lang” (Vengriya)
vakuum-apparati
1.86-rasm.”Rotofilm”bug‘latish
qurilmasi sxemasi:
1-yig‘uvchi;
2-nasos;
3-“Rotofilm”
bug‘latish apparati; 4-kondensat ketkazgich; 5-
refraktometr.
“Ras” qurilmasida dastlabki bug‘latgich mavjud bo‘lib A va B zonalarining
har biri ikki sektorga ajratilgan. Tomat massasi quruq moddasining konsentratsiyasi
% hisobida quyidagini tashkil etadi: dastlabki – 5; dastlabki bug‘latishdan so‘ng –
8, 9; birinchi sektordan so‘ng – 11; ikkinchi sektordan so‘ng – 14,6; uchinchi
sektordan so‘ng – 21,3; to‘rtinchi sektordan so‘ng – 30-40. Turli modelli qurilmalar
unumdorligi tomat pulpasi bo‘yicha soatiga 3000 dan 21000 kg –ni tashkil etadi.
Moldova va Rossiya zavodlarida “Titan” (SR 28 modeli) va “Rotofilm” apparatlari
ishlatiladi. “Rotofilm” qurilmasi ikkita parallel ishlovchi plyonkali apparatlardan
iborat (1.86- rasm). Har bir apparat ikki devorli tuzilishga ega bo‘lib, gorizontal
o‘rnatilgan va o‘tkir bug‘ bilan isitiladi. Yon tomonidan silindr separatorga o‘tadi.
Silindr ichida qirrali yasalgan (prizma shaklida) 4 –ta ishchi organ (urgich, tomatni
to‘rga surgich)-li baraban mavjud. Uning aylanish tezligi 300 ayl/daqiqa. Silindr va
ishchi organ orasidagi zazor 2,5 mm-ni tashkil etadi. Ishchi organlar aylanishi
natijasida tomat massasi silindr devorlariga otiladi va 1-2 mm qalinlikdagi plyonka
hosil qiladi. Bug‘latishning davomiyligi 60 s-dan oshmaydi. Ikkilamchi bug‘
separatorda ajratiladi va kondensatorga tushadi. Qurilmaning xom ashyo bo‘yicha
unumdorligi quyidagini tashkil etadi: “Titan” apparatida tomat massasi quruq modda
5%-dan 30%-gacha yetguncha bug‘latilganda 720 t/sutka-ni tashkil etadi; “Titan”
apparatida 5%-dan 15%-gacha bug‘latilib “Rotofilm” apparatida 30%-gacha
yetkazilganda 860 t/sutka-ni tashkil etadi.
Rossi va Katelli (Italiya) firmasining vakuum-bug‘latish apparati ikki
korpusdan iborat (I va II), bir yo‘nalishli quvurli bug‘latgich 3 va separator 4-dan
қадо
қл
ашга
конденсаторга
пульпа
қиздирувчи
буғ
маҳсулот
буғ
иккиламчи буғ
конденсат
tashkil topgan. Apparatlar ketma-ket ulangan (1.87-rasm). I korpusda qoldiq bosim
8 kPa-ni tashkil etadi, massaning qaynash temperaturasi 45
0
S. I korpus II korpusning
ikkilamchi bug‘i bilan isitiladi. Unda tomat massasi 70
0
S-da 30 kPa qoldiq bosimda
quruq modda miqdori 30% bo‘lguncha bug‘latiladi. Bug‘latishni jadallashtirish
uchun massani bug‘ turbinasi 1 yordamida harakatga keltiruvchi nasos 2 orqali
sun’iy sirkulyatsiyalash qo‘llaniladi. Ikkilamchi bug‘lar kondensator 5-ga
jo‘natiladi. Qurilmaning tomatni qayta ishlash bo‘yicha unumdorligi 1100 t/sutkada.
1.87-rasm. Rossi va Katelli firmasining vakuum-bug‘latish qurilmasi sxemasi
Bo‘shliq hosil qilish uchun va ikkilamchi bug‘larni olib ketish uchun
aralashtiruvchi barometrik kondensator va quruq havo nasosi
ishlatiladi. Qurilma (1.88-rasm) kondensator 5, barometrik quvur 2, va basseyn 1 -
dan iborat. Kondensator ichida shaxmat tartibda gorizontal o‘rnatilgan likobsimon
perfora-siyalangan to‘siqlar 4 mavjud.
Ikkilamchi bug‘ vakuum-apparatdan quvur 3 orqali kondensatorga boradi va 20
0
S
temperaturali sovuq suvda kondensatsiyalanadi. Suv bak 6-dan havo nasosi hosil
qilgan vakuum tufayli keladi.
88-rasm. Barometrik kondensator sxemasi
Quvur 2 -ning balandligi 10,33 m, shuning uchun atmosfera bosimi uning
ichida turgan suyuqlik ustunini tutib turolmaydi va sovutuvchi suv kondensat bilan
birga pastga oqib ketadi. Ishlatilgan suv gradirnyada atrof muhit temperaturasigacha
sovutiladi va 8-10% yangi suv qo‘shib kondensatorda qayta foydalaniladi.
Vakuum-bug‘latish qurilmasi ishga tushirilganda suv bak 6 va yig‘uvchi 1-ga
beriladi, gidravlik zatvor hosil bo‘ladi; so‘ngra havo nasosi ishga tushiriladi,
gidrozatvor vakuum-nasos bilan tutashtiriladi, massani apparatga tortadi va bug‘
qo‘yib bug‘latish boshlanadi.
Tomat liniyalarining bug‘latish stansiyalarini ishlatish uchun ba’zan sovutish
suvi va ikkilamchi bug‘ bir yo‘nalishda beriladigan kondensatorlar ham ishlatiladi.
Suv kondensatorning ichki quvurida yuqoridan pastga harakatlanib ikkilamchi
bug‘ni o‘ziga tortadi va kondensatlaydi. Qurilmaning balandligi 5 m, suv o‘zani
bilan keta olmaydi, uni so‘rish uchun nasosdan foydalaniladi.
MZS-320 markali bug‘latish mashinasi tomat pyure va tomat pasta, turli
xildagi souslar, povidlo, murabbo va rassollar tayyorlashda ishlatiladi (89-rasm).
иккиламчи
буғ
насосга
ко
нде
нса
т
су
в
Uning ishchi hajmi 1000 dm
3
; isitish yuzasining maydoni 3,66 m
2
; bug‘ning
ishchi bosimi 0,4 MPa; aralashtirgich valining aylanish chastotasi 57 min
-1
; quvvati
2,7 kVt; gabarit o‘lchamlari 1310x1310x3180 mm.
89-rasm. MZS-320 markali bug‘latish apparati.
1-ushlagich; 2-qopqoq; 3-aralashtirgich; 4-korpus; 5-elektrodvigatel; 6-
reduktor.
Shu bilan birgalikda ikki, uch korpusli bug‘latish apparatlari ham mavjud (90-
rasm).
90-rasm. Past haroratli ikki korpusli bug‘latish apparati.
1-sovutgich; 2-bug‘latgich; 3-separator; 4-ammiakli bug‘latkich; 5-kondensat uchun
nasos; 6-qabul qiluvchi bak; 7-sirkulyatsion nasos; 8-ammiak uchun idish; 9-
kompressor; 10-boshqaruv pulti.
Nazorat savollari:
1. Bug‘latish apparatining vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
2. Bug‘latish apparatlarini sinflanishi.
3. Avtoklavlarning konstruksiyasiga ko‘ra turlarini ayting.
4.
Past haroratli ikki korpusli bug‘latish apparati.
5.
MZS-320 markali bug‘latish apparati
6. Barometrik kondensator sxemasi
Dostları ilə paylaş: |