1-amaliy mashg‘ulot: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyalarini о‘rganish.
1.1. Jihozlarni ta’mirlash texnologiyasi
Jihozlarni ta’mir qilish uchun berishga tayyorlash
ishlariga javobgarlik
ishlab chiqarish sexining boshlig'i yoki uchastkalar boshliqlari (katta masterlar)
zimmasiga yuklangan. Ta’mir qilish uchun to‘xtatishdan oldin jihoz (jihozlar va
hokazo) qirindi, kir, chang hamda sovitish suyuqligidan tozalangan bo‘lishi lozim.
Jihozni kapital ta’mirga berish ishlari bosh mexanik bo‘limidagi inspektor va
ishlab chiqarish sexi mexanigi birgalikda tuzgan akt bilan rasmiylashtiriladi. Aktga
tashqi tomondan ko‘zdan kechirish, ishlatib sinash natijalari,
shuningdek
mashinada ishlovchi (jihozchi)ning mulohazalari yoziladi. Tashqi tomonini
ko‘zdan kechirish yo‘li bilan agregatning hamma mexanizmlari komplektliligi,
mavjud
buzuqliklar, mexanizmlar detallarida shilingan, pachoqlangan, ezilgan,
yorilgan, singan, egilgan joylar va qismlarga ajratmasdan ham payqasa bo‘ladigan
boshqa nuqsonlarning bor-yo‘qligi,
bundan tashqari, moylash hamda himoyalash
qurilmalarining holati aniqlanadi.
Mashinada ishlovchidan so‘rab, mashina har xil ish rejimlarida ishlaganda
unda o‘ziga xos
qanday kamchiliklar uchrashi, mexanizmlar va hatto ayrim
detallarning holati bilib olinadi. Masalan, tokar jihoz ishlayotganda tezliklar
ma’lum bosqichga yetganda tishli uzatma o‘z-o‘zidan to‘xtab
qolishini aytsa,
demak, tishli g‘ildiraklar juftidagi tishlar yeyilgan va nuqsonlar qaydnomasini
tuzayotganda bu detallarga alohida e’tibor berish kerak. Ishlab turgan mashinani
eshitib ko‘rib uning shovqin chiqarib
va taqillab ishlamasligi, titramasligi
aniqlanadi.
Aktda qayd qilingan hamma buzuqliklar ta’mir qilish uchun nuqsonlar
qaydnomasini tuzayotganda hisobga olinadi.
1.1. Mashinalami qismlarga ajratishda ishlarni