1-amaliy mashg‘ulot: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyalarini о‘rganish



Yüklə 261,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix09.02.2023
ölçüsü261,28 Kb.
#83634
1   2   3   4
1-amaliy mashg\'ulot

bajarish ketma-ketligi 
Har qanday mexanizm, ayniqsa, mexanizmlar sistemasini ta’mir qilishda 
ishlarini aniq tashkil qilish va yaxshi o‘tkazish uchun harakatlarning muayyan 
tartibiga rioya etish kerak, Bu tartib asosan quyidagicha: mexanizm buzuqliklarini 
aniqlash; mexanizmni qismlarga ajratish ketma-ketligini belgilash; mexanizmni 
yig‘ish birliklari va detallarga ajratish, ularni yuvish; detallarning yeyilish xarakteri 
va kattaligini, ularning nuqsonlarini aniqlash; detallarni ta’mir qilish; 
mexanizmlarni yig‘ib, detallarni moslash; yig‘ilgan mexanizmni tekshirish hamda 
rostlash. 
Qismlarga ajratishga tayyorlash 


 
Jihozning muvaffaqiyat bilan ta’mir qilinishi ko‘p jihatdan uni qismlarga 
ajratish qanday bajarilganiga bog‘liq. Qismlarga ajratish operatsiyalari berilgan har 
bir agregat uchun muayyan texnologiya bo‘yicha bajariladigan muhim 
operatsiyalardir. 
Jihozni qismlarga ajratishga kirishishdan oldin uning tuzilishi, vazifasi hamda 
yig‘ish birliklari va detallarining o‘zaro ishlashi bilan tanishib chiqish zarur. Agar 
buni jihozni tekshirib chiqish yo‘li bilan amalga oshirish qiyin bo‘lsa, mazkur 
jihozga oid yo‘riqnoma va chizmalar bilan tanishib chiqish va shundan keyingina 
uni qismlarga ajratishga kirishish lozim. U yoki bu yig‘ish birligini qismlarga 
ajratishdan oldin ham uning ichki tuzilish mi hamda ayrim detallarini mahkamlash 
usullarini yaxshilab o'rganish, qismlarga ajratish tartibi va usullarini belgilab olish 
darkor. Jihozning murakkab va muhim mexanizmlarini qismlarga ajratish oldidan, 
shuningdek qismlarga ajratish jarayonida ulaming sxemalarini chizish hamda 
rasmlarini solish tavsiya etiladi. Bu ayniqsa shunday qurilmalar bilan endigina 
tanisha boshlagan ta’mirchilar uchun qo‘l keladi. Qismlarga ajratishda ishda 
qatnashmaydigan torets sirtlariga raqamli belgilar qo‘yib borish kerak. Bu belgilar 
detallarni yig‘ishga tayyorlashni va yig‘ishni osonlashtiradi. 
Mahkamlash 
detallarini 
qismlarga 
ajratayotganda 
ayrim 
detallar 
mahkamlangan joylari bo‘shatilgandan keyin turg‘unmas muvozanatlik holatiga 
o‘tib, tushib ketishi mumkinligini, bu esa atrofdagilar uchun xavfli ekanligini va 
avariyaga olib kelishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik zarur. Buni esda tutib, 
yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish lozim. Masalan, og‘ir kronshteynni 
olayotganda mahkamlangan joylarini bir oz bo‘shatish, kronshteyn tagiga
ishonchli 
tagliklar qo‘yish darkor. Bunda avval qo‘lni olib boorish
qiyin bo‘lgan joylardagi 
vintlar burab chiqariladi va kontrol shpilkalar chiqarib olinadi. Umuman, detalning 
mahkamlangan 
joylarini
bo‘shatishda uning og‘irlik markazi qayerda 
joylashganligini va u
yoki bu mahkamlash detali bo‘shatilganda detal qanday 
yo‘nalishda
siljishini hisobga olish kerak.
Yirik va juda og‘ir jilioz hamda mexanizmlarni qismlarga
ajratishga, odatda, 
sex mexanigi, noyob jihozlarni qismlarga
ajratishga esa korxonaning bosh 
mexanigi rahbarlik qiladi.

Yüklə 261,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin