1-amaliy mashg‘ulot: Jihozlarni ta’mirlash texnologiyalarini о‘rganish


Qismlarga ajratish tartibi va qoidalari



Yüklə 261,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix09.02.2023
ölçüsü261,28 Kb.
#83634
1   2   3   4
1-amaliy mashg\'ulot

Qismlarga ajratish tartibi va qoidalari 
Qismlarga ajratishda yuqorida aytilgan qoidalardan tashqari,
quyidagi 
qoidalaiga rioya qilish zarur:
- qismlarga ajratishda yaroqli detallarni shikastlamaydigan asbob
va 
moslamalardan foydalanish kerak; 


- detallarni bolg‘a bilan urishda yog‘ochdan yoki yumshoq
metalldan 
yasalgan taglik yoxud vikolotkalardan foydalanish lozim;
- qismlarga ajratiladigan detallarni ehtiyotlik bilan, qiyshaytirmay
va shikastlantirmay olish darkor; 
- olinishi qiyin bo‘lgan detallarni katta kuch bilan tortish yaramaydi, uning 
«qadalish» sababini aniqlash va bartaraf etish kerak;
- uzun vallarni bir nechta tayanchdan foydalanib qismlarga ajratish
zarur;
- qismlarga ajratilgan har bir mexanizm detallarini bir-birining
ustiga 
taxlamasdan, balki alohida yashiklarga joylashtirish lozim;
- sirtlari yaxshilab pardozlangan detallarni ayniqsa ehtiyotlik bilan
joylashtirish darkor;
- detallar solingan yashiklarni albatta qopqoq bilan berkitish zarur;
-yig‘ish birligini to‘liq qismlarga ajratishda olingan boltlar, shaybalar va 
boshqa mahkamlash detallari maxsus yashikka joylanadi,
qisman qismlarga 
ajratishda olingan mahkamlash detallarini yana o‘z
teshigiga burab qo‘ygan 
ma’qul;
- yirik detallar ta’mir qilinayotgan jihoz yoniga tagliklarga
qo‘yiladi. 
Qismlarga ajratishni boshlashdan oldin jihoz yaqinida chilangar ta’mirchilar 
normal ishlashi va jihozdan olingan detallarni to‘g‘ri
joylashtirish, joydan-joyga 
ko‘chirish uchun yetarli bo‘lgan
maydoncha tayyorlash, ish uchun zarur bo‘lgan 
barcha benuqson
hamda sinalgan stroplar, yuk qamrash moslamalarining borligini
tekshirish, olingan detallarni qo'yish uchun zarur miqdorda tagliklar,
tiraklar va 
chorpoyalar tayyorlab qo'yish kerak. 
Podshipniklarni qismlarga ajratish. Val toretsiga yaqin joylashgan 
podshipniklar maxsus skoba (10.1-rasm, a) yordamida olinadi.
Moslama ombirsimon uchta qamragich (1) (rasmda ikkita
qamragich 
ko‘rsatilgan), vint (3) dan va krestovinali gayka (2) dan
tashkil topgan. Gaykani 
aylantirib qamragich detalni qamrab
oladigan qilib suriladi, shunda vint ning uchi 
detali olinadigan val
markaziga tiraladi. Dasta aylantirilganda gayka qamragichlar 
bilan
valdan detalni tortib tushiradi. 10.1-rasm, (b), (d) da konussimon
rolikli 
podshipniklarning tashqi halqalarini demontaj qilishga
mo‘ljallangan moslama 
ko‘rsatilgan. U vint (1), gayka (2) va qamragichlar (5) dan tashkil topgan. 
Podshipnikni korpusdan presslab
chiqarish uchirn qamragichlar podshipnik 
oboymasiga kirgiziladi va
vint (1) dasta (6) bilan aylantiriladi. Shunda vint plita (3) 
ga tiraladi.
O‘z navbatida, plita o‘zining uchta rostlanadigan shtiri (4) bilan
korpusga taqaladi va podshipnikni tortib chiqaradi.
Bu moslama yordamida 62-120 mm diametrli podshipniklarning
tashqi 
halqalari presslab chiqariladi. Ichki diametri 25 mm va undan
katta bo‘lgan 
dumalash podshipniklarini korpusdan 10.1-rasm, (d) da
ko‘rsatilgan moslama bilan 


presslab chiqarish mumkin. Moslama
vinti (2) shtirlari (4) bor disk (3) teshigiga 
erkin kiradi. Vintning bir
uchiga gayka (5) va almashtirma tirak shayba (6), boshqa 
uchiga esa
dastalari (1) bor gayka buralgan. Podshipnikni korpusdan chiqarib
olish uchun gayka (5) va shayba (6) ni olib, vint (2) ni podshipnikdan
o‘tkazish 
kerak; keyin demontaj qilinadigan yig‘ish birligi korpusiga
shtirlar (4) ni 
yaqinlashtirish, vint uchiga almashtirma shayba (6) kiygizish va shayba 
podshipnikka tiralguncha gayka (5) ni burash
lozim. Shundan so‘ng dastalari (1) 
bor gayka disk (3) ga tiralguncha
buraladi; dastalar (1) ni burab podshipnik 
presslab chiqariladi. 
10.1-rasm. Ajratgichlar:
 
a – valdan sharikli podshipniklarni olish uchun, b, d – rolikli
podshipniklarning 
tashqi halqalari va boshqa detallarni presslab
chiqarish uchun,
Bayon etilgan moslamalar demontaj qilishda podshipniklarning
o‘tkazish 
joylarini shikastlamaydi va podshipniklarning o‘zini ham
shikastlanishdan 
saqlaydi. Boshqa detallarni, yig‘ish birliklarini,
chunonchi, shki vlar, maxoviklar, 
tishli g‘ildiraklarni qismlarga
ajratish va yig‘ishda ham shu moslamalardan 
foydalaniladi.

Yüklə 261,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin