51
foydalanishdagi erlar, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va davlat zahirasiga kiritilgan
erlar davlatning alohida mulk ob‘ektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat
meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mumkin .
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk ‗aydo
bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan ob‘ektning turli mulkdorlar ishtirokida
o‘zlashtirilishini bildiradi .
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mulkchilikning turli xil
shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni
rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanish, tashabbuskorlik va sog‘lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay
muhit yaratishga qaratilgandir .
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb
atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya
va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub‘ekti sifatida davlatning
chiqishi jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki»,
«birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi .
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning
ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19
noyabr) quyidagicha ta‘rif beriladi:
Dostları ilə paylaş: