B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


Daromadlar siyosati va aholi turmush darajasini o‟stirish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

 
11.7. Daromadlar siyosati va aholi turmush darajasini o‟stirish. 
 
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqa-
lashgan soliq solish yo`li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli 
guruhlari o`rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta 
taqsimlashda ijtimoiy to`lovlar bilan birga bozor narxlarini o`zgartirish (masalan, 
fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash 
usullaridan foydalanadi. 
Ijtimoiy to`lovlar – kam ta'minlanganlarga pul yoki natural yordam 
ko`rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo`lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda 
qatnashishi bilan bog`liq bo`lmaydi. Ijtimoiy to`lovlarning maqsadi jamiyatdagi 
munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish 
hisoblanadi. 
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta'sir ko`rsatishi 
sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi 
iste'molchilik tovarlariga narxning o`sishini hisobga olish va daromadlarni 
indeksatsiyalash, ya'ni nominal daromadlarni narxlar o`sishiga bog`liqlikda oshirib 
borish hisoblanadi. 
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo`nalish 
aholi kambag`al qatlamini qo`llab-quvvatlash hisoblanadi. 
Seminar hayotda qashshoqlikning o`zi hayot kechirish minimumi yordamida 
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy 
minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal normasi (me'yori) bilan 
birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o`z ichiga oladi. Fiziologik 
minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko`zda tutadi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga 
muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga 
daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar 
kiritiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin