- 151 -
VI-BOB. YOZUV. YOZUVNING RIVOJLANISHIDAGI ASOSIY
BOSQICHLAR
Insoniyat bundan besh ming yil avval ixtiro
qilgan yozuv jamiyatning
rivojlanishi, unung tarixi,
madaniyati, urf – odati va umuman jahon
tsivilizatsiyasidan darak beruvchi eng nodir kashfiyotdir.
Tilshunoslikning
yozuvni o’rganuvchi sohasi “grammatalogiya” (grekcha – grammat – to’g’ri
yozaman, logos – fan) deyiladi. Eramizdan tahminan 120 asr oldin turli rasmlar,
skulptura va grafikaga tegishli belgilar shartli ravishda narsalar, tushunchalar va
biror jumlani ifodalash uchun qo’llangan va bu piktografik (loticha pictum -
rasm, pingo- chizaman) yozuvning hosil bo’lishiga asos bo’lgan.
Turli chizma grafik vositalar yordamida axborot
yetkazib berish bundan
bir necha yuz yil avval ham keng qo’llangan. Afrikadagi Togo mamlakatidagi
eve elati piktogrammalar yrodamida maqollarni ifodalaganlar. Ignaga ip taqilgan
1-rasm (piktogramma) “Igna
qayerga borsa, ip ham o’sha joyga boradi” degan
maqolni ifodalaydi. Boshqa maqol: “Kichik narsalar buyuk ishlarni bajara oladi”
yoki “Igna katta yirtiqni yamay oladi” 2- rasmda ifodalangan. Ikkita odamning
rasmi (3) “Ikkita dushmanga uzoq bas kelish qiyin“ maqolini ifodalaydi. Ikki
kishining birining qo’lida yoy (o’ngda) va ikkinchisida kamon (chapda).
O’ngdagi kishining qo’li ko’ksida – “meniki” ma’nosini bildiradi. Ikkinchisida
qo’lida o’ljasini ushlab turibdi. “Dunyo bepayon va keng”
maqolini ifodalash
uchun daraxt va aylana o’rtasidagi odamning qo’lini ochib turgani (5) chizilgan.
Buning asl mazmuni: “O’limdan qochib qutilib bo’lmaydi” maqolini (6) eslata-
di. Uzun bo’yli kishi – to’g’ri chiziq va qanotli hayvon – o’limni
1
anglata-
di.(Rasmga qarang).
Piktogrammalar o’zlarining axborot berish vazifasini to’la bajarmay, ba’zi
g’oyalarni ifodalasa, ular ideogrammalar deyiladi (grekcha idea – g’oya) va
ularni biriktirish vositasida biror axborot berish mumkin bo’ladi.
Xitoy yozu-
1
Mazkur piktogramma va uning ifodasi quyidagi kitobdan olindi: Гельб И.Е. Опыт изучения письма (Основы
грамматалогии) М. Радуга, 1986 – С.56. boshqa rasmlar ham shu kitobdan olindi.
- 152 -
vidagi bir necha yuzta ideogrammalar aslida narsalarni ifodalovchi rasmlardan
kelib chiqqan. Bunday ideografik yozuvga shumer (keyincha akkad)
yozuvi
(eramizdan avval IV – I asrlar), elam yozuvi (eramizdan avval XXIII – IV
asrlar), misr yozuvi (eramizdan avval XXX – V asrlar), xet yozuvi (asrimizdan
avval XV – XII asr), maya yozuvi (IV – XVI asrlar) va atstek yozuvi (XVI
asrgacha) ham kiradi.
Xitoy yozuvidagi ideogrammalardan ba’zilari narsalarning tasviriga
o’xshash alomatlarga ega: -quyosh, -maydon, -oy, -yoy , nishon va h.k.
Dostları ilə paylaş: