- 146 -
qaratqich kelishigi qo’shimchasi –ning tushum kelishigi qo’shimchasi –ni bilan
aytiladi. Tilning sheva va laxjalarni o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi
dialektologiya (lotincha-dialekt – nutq, -ya - fan) deb ataladi. Tilning turli
xududlardagi tarqalgan sheva va laxjalari shu xalqning tarihi, urf-odati,
madaniyat va san’ati bilan bog’liqdir. Odatda dialektologiya regional, yani
xududiy, biror region yoki mahalliy joy bilan bog’liqdir. Dialektologiya
lingvistik geografiya bilan bog’lanadi. Turli shevalardagi xususiyatlar jamlanib
lingvistik atlaslar tuziladi. Sheva va laxjalarning xududiy joylanishiga doir
xaritalar tuziladi. Endilikda turli tillardagi ayrim xususiyatlarning tarqalishiga
doir xarita va atlaslar tuzilmoqda.
Bunday lingvistik xarita va atlaslarni tuzish maqsadida aniq dastur va
anketalar, yani qanday masalalar, so’z va gaplar kiritib, ularni tahlil qilishda
uchraydigan fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarga ahamiyat beriladi.
Bunday vazifalarni bajarish uchun mahsus dialektologik ekspeditsiya
uyushtiriladi. Til va uning shevalaridagi tarqalgan turli xususiyatlarning
dialektologik xaritada ko’rsatilish chegarasi izoglosslar (lotincha izo- o’zaro
gloss-til) deb yuritiladi. Bunday izoglosslarni aniqlash shevalar tarihini
o’rganishda yordam beradi. Lingvistik geografiya metodlarini qo’llash natijasida
turli tillar va shevalardagi izoglosslarning tarqalishi aniqlanadi. Jamiyatning turli
sinflariga mansub bo’lgan til xususiyatlarini ijtimoiy dialektlarga hos deb
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: