- 140 -
mavjud. O'zbek tilida so'zlarga oltitagacha affikslarni qo'shish mumkin.
Attlyutinativ tillarda so'zning o'zagi – o'zak morfemada kamroq o'zgarishilar
ro'y beradi, biroq affiksal morfemalar ulangan o'rinda turli o'zgarishlar ko'prok
uchraydi. Masalan, tara – taroq – taramoq, sez – seskanmoq, so'ra – so'roq –
so'ramoq, kurak – kuragi, bog' – boqqa. ko'ngil – ko'ngli kabi.
Polisintetik (grekcha
polys – ko'p,
synthesis – qo'shish) yoki inkorporativ
tillarda
harakat va holatning obyektini, ba'zan subyektini ifodalash uchun
fe'lning tarkibiga alohida so'z – affikslar qo'shiladi.
Inkorporatsiya (lotincha
incorporare – qo'shmoq) qo'shma fe'l
yasash-
ning bir usuli hisoblanadi. Masalan, naua yoki antek tilida
1
ni-k-qwa in naka – tl
– "Men (hozir) go'sht yemoqdaman" gapida
ni – fe'l prefiksi, 1-shaxs birlikda,
k
– jonsiz narsa bilan moslashuvda qo'llanuvchi prefiks,
qwa – "yemoq", o'zak,
in
– aniq artikl,
naka – "go'sht", o'zak,
tl – asosiy kelishik affiksi. Bu fe'lning
shakli, ya'ni so'z "Men go'sht yeyman" degan gapga teng keladi va bu o'ziga xos
inkorporatsiya hodisasidir.
Polisintetik tillarda alohida qo'llanuvchi so'zlar ham borki, ular so'z – af-
fikslardan farq qiladi. Polisintetik tillarga Sibir va Amerika tillari kiradi.
1
Misol quyidagi kitobdan olindi: Шайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева
Е.А. Введение в языкознание. Т., 1989, с. 150.