Microsoft Word aloqa korxonalarini boshqarish usullari


Tashkiliy-ma'muriy usullar



Yüklə 214,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix16.02.2023
ölçüsü214,06 Kb.
#84469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kitob 7334 uzsmart.uz

Tashkiliy-ma'muriy usullar boshqaruv organlarining o’zaro aloqada 
ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi ob'ektlarga 
ma'muriy ta'sir ko’rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi. 
Shu bilan birga, ma'muriy yoki to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv usuli xo’jalik 
yurituvchi sub'ektning tanlash erkinligini cheklab qo’yadi, muayyan huquqiy 
chegaralarini belgilaydi. O’z mohiyatiga ko’ra ma'muriy boshqarish bozorga xos 
bo’lgan tartibga solish harakatiga to’sqinlik qiladi. 
Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma'muriy usullari 
o’z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo’lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, 
bozor iktisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma'muriy usullar vositasida 
monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi. Davlat bozorning 



monopollashtirilishiga to’sqinlik qiladigan ma'muriy cheklovlar tizimini 
belgilaydi, monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo’sinda boshqaradi. 
Ma'muriy usullardan
 iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish; 
 atrof-muhitni muhofaza qilish; 
 xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini 
chiqarib tashlashni ta'qiqlash; 
 odamlar sog’lig’iga zararli mahsulotni reklama qilishni ta'qiqlash kabi 
sohalarda faol foydalaniladi. 
Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usullari ikki shaklda: 
- tashkiliy ta'sir ko’rsatish usullari
- farmoyish berish usullari shakllarida namoyon bo’ladi.
Tashkiliy usullarning bu ikkala shakli birgalikda qo’llaniladi, bir-birini 
to’ldiradi va rivojlantiradi. har ikkala shaklning uyg’unlashuvi ishlab chiqarish 
sharoitlarini hisobga olingan holda optimal bo’lishi kerak. 
Tashkiliy ta'sir ko’rsatish turli tashkiliy choralarni, ya'ni: 
- ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash; 
- ichki tartib-qoidalarini o’rnatish; 
- boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o’rtasida optimallik va oqilona 
nisbatni o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi. 
Farmoyish berish yo’li bilan ta'sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlari va 
organlarining (uyg’un) ishlashini joriy ta'minlab turishdan iborat bo’lib, bunga 
e'lon qilinadigan yozma yoki og’zaki ko’rsatmalar berish, yozma shaklda nashr 
etilgan yoki og’zaki buyruqlar vositasi bilan erishiladi.
Tashkiliy ta'sir ko’rsatish boshqariladigan ob'ekt (korxona)ni loyihalash 
bosqichidan boshlanadi. So’ngra reglamentlash, normalash ishlari bajariladi.
Jinoiy javobgarlik - bu mansab bilan bog’liq jinoyat sodir etilganda sud 
tomonidan qo’llaniladigan jazodir. Shunday qilib: 
Moddiy javobgarlikka - moddiy zarar etkazish, intizomiy javobgarlikka - 
intizomiy nojo’ya harakat, ma'muriy javobgarlikka - ma'muriy huquqbuzarlik
jinoiy javobgarlikka - jinoyat asos bo’ladi. 


10 

Yüklə 214,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin