8
Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usullari
Tashkiliy-ma'muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o’rin
tutadi. Bu usullarga:
- boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;
- har bir boshqaruv bo’g’inining
funktsiyalarini belgilash;
- kadrlarni to’g’ri tanlash;
- buyruklar, farmoyishlar va qo’llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini
nazorat qilish;
- topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va
shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi.
Tashkiliy-ma'muriy usullar yuqori organlar
hokimiyatiga va quyi
organlarning bo’ysunishiga asoslanadi. SHuning uchun ularni ko’pincha ma'muriy
usullar deb yuritiladi. Yuqori ma'muriy organlar boshqariluvchi ob'ektning
bajarishi majburiy bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek
bo’ysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi.
Tashkiliy usullar shu yo’l bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning
tarkib topishiga yordam beradi. Bu uslublar
boshqarish funktsiyalari
bajarilishining:
tashkiliy barqarorligini;
intizomliligini;
muvofiqliligini;
uzluksizligini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: