11
raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga
da'vat etuvchi bo’lishi kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi
kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun
jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona
uchun foydali tadbir
davlatga ham foydali bo’lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:
kredit va foiz stavkasi;
soliq va soliq yuki;
boj to’lovlari;
subsidiya va sanktsiya;
litsenziya;
transfert to’lovlari;
narx-navo va hokazolar kiradi.
Boshqaruv
organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni
shakllantirish chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat
muhim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma'muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor
mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa
aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta'siri ham
tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z
ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi.
Dostları ilə paylaş: