baholanayotgan omillaming sezilarli soni va noaniqlikning yuqori darajasini tavsiflaydi. 3.2. BOSHQARUV QARORLARINI ASOSLASH VA QABUL QILISH USULLARI Boshqaruv apparatining ish amaliyotida qarorlarni asoslashning dasturiy-maqsadli, optimallashtirish, tahliliy hisob-kitob, tizimli va tajriba usullari qo‘llanadi. Har qanday boshqaruv qarori ma’lum maqsadlarga erishish uchun qabul qilinadi. Qarorlarni asoslashning dasturiy-maqsadli usullarini qo‘Ilash ushbu qaroming bajarilishi natijasida erishilishi lozim bo'lgan maqsadni mukammal ishlab chiqishni anglatadi. Bunday maqsad odatda tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Maqsad belgilanganidan keyin unga erishish dasturi ishlab chiqiladi. Bu dastur boshqaruvning alohida bo'linmalari uchun «maqsadlar daraxti»ni ishlab chiqish, zarur resurslar va ulami olish manbalarini aniqlash, ijrochilar va ijro muddatlarini belgilash hamda tahlil jarayonida qarorlarni asoslash usullarini aniqlashni nazarda tutadi. Qarorlarni asoslashning optimallashtirish uslublari operatsiyalarni o'rganish usullarini qo‘llashga asoslanadi. Ular chiziqli dastur- lashtirish, omilli tahlil, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, matematik statistika, ehtimollik nazariyasining turli usullarini o ‘z ichiga oladi. Tahlil qilinayotgan jarayonlaming xususiyati va vujudga kelgan aloqa shakllaridan kelib chiqib optimallashtirish usullaridan biri tanlanadi. Agar jarayon uchun chiziqli aloqalar xos bo‘Isa, chiziqli dasturlashtirish usullari, chiziqsiz aloqalarda esa-chiziqsiz dasturlashtirish usullari qo‘llanadi va h. k.
Noaniqlik kuchayganida, ya’ni qaror tasodifiylik darajasi yuqori