R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov


qaror qabul qilishda zarur bo'ladigan ma’lumotlar



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
qaror qabul qilishda zarur bo'ladigan ma’lumotlar.
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etish 
maqsadlar, resurslar, bajaruvchilar, muddatlar, texnologiyalar va 
makonda, shuningdek, ularning bajarilishini muvofiqlashtirish va 
nazorat qilishni, qarorni ishlab chiqish bo'yicha kompleks ishlami 
o'z ichiga oladi. U shuningdek, quyidagi jihatlami o'zida namoyon 
etadi:
1) texnologiya elementlari va tashkil etishni anglash jarayonini 
fikran tasavvur qilish;
2) qaror sifatiga bo'lgan talabni qayd etish;
3) qarorni ishlab chiqish jarayonida operatsiyalar va bosqichlar 
tuzilmasi hamda sonini aniqlash;
4) qarorni ishlab chiqishning blok-sxemasi (algoritmi)ni ishlab 
chiqish;


5) o ‘zgaruvchi tashqi muhitning parametrlarini va boshqaruv 
qarori obyekti (parametr, muammo)ni tahlil etish va bashorat 
qilish hamda uni iqtisodiy asoslash;
6) qaroming bajarilishini tashkil etish.
Yuqorida sanab o'tilgan jihatlami qisqacha ko‘rib chiqamiz. 
Anglash jarayonini quyidagi jihatlaming jami yig'indisi sifatida 
tasavvur qilish mumkin:
- fikr hodisadan mohiyatga boradi, birinchi mohiyatdan ikkinchi 
mohiyatga, ikkinchi mohiyatdan keyingi va h. k.;
- daraja oshishi bilan mohiyati va murakkabligi ortib boradigan 
fikrlashning har bir darajasidagi tushunchalar tizimidan foy­
dalaniladi;
- anglashning yuqori darajalarida tushuncha kategoriyaga 
o'tadi;
- tushuncha va kategoriya o'zida dinamik, biridan biriga o'tuvchi 
va to'ldiruvchi, to'xtovsiz rivojlantirish qobiliyatini namoyon 
etadi;
- tushunadigan 
apparat, 

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin