V BOB. MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISHNING
KOMPLEKS TIZIMI
5.1. M AHSULOT SIFATI KO‘RSATKICHLARl
VA UNING MOHIYATI
Ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy maqsadi chiqari-
layotgan m a’lum bir turdagi mahsulotning
talab darajasidagi
sifatini ta’minlashdan iborat. Mahsulot sifati bir qator iqtisodiy
yoki standartlashgan tushunchalar bilan belgilanadi. Bunga «yuqori
sifat», «haqiqiy sifat», «sifatli buyum» va hokazolarni kiritish
mumkin. Ushbu tushunchalarni o‘rganishda «sifat» shunchani bir
alohida m a’noda tushunilmasdan, balki iste’mol qiymati o ‘lchovi
sifatida asos qilib olinadi.
Sifat tushunchasi bir qator boshqa tushunchalar bilan ham
izohlanadi. Masalan, sifat tizim i-tashkiliy tuzilishga umumiy
rahbarlik qilish, sifat siyosati-yuqori rahbariyat diqqat-e’tiborini sifat
sohasidagi asosiy yo'nalishlar va maqsadni belgilashga qaratish; sifatni
ta’m inlash-barcha rejalashtirilgan va
doimo amalga oshiriladigan
faoliyat turlari borasida ishonch hosil qilishi, obyektning sifat
talablarini bajarishga loyiqligi, sifatni yaxshilash-qabul qilinayotgan
chora-tadbirlar natijasida asosiy m aqsad-har qanday faoliyatning
samaradorligini ta’minlash va iste’molchilar ehtiyojini qondirishga
qaratilgan bo‘lishi lozim.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, tovarlaming sifati-dinam ik
kategoriya bo‘lib, nafaqat bir turdagi mahsulot sifatini oshirishga
bo‘lgan talab va ehtiyojning to‘xtovsiz
oshishini, balki ishlab
chiqarilgan mahsulotning foydalanish davomida sifatini saqlashi
hamdir. Iste’molchi uchun «saqlanadigan» sifat ancha muhim
hisoblanadi. Tovami saqlash va ishlatish jarayonida sifatining
yo‘qotilishi qancha kam bo‘lsa, undan tovar qiymatida foydalanish
samaradorligi va xizmat davri shuncha yuqori bo‘ladi.
Tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar duch kela
digan asosiy muammo mahsulot sifatini oshirishga,
ishlab chiqarish
va muomala qilish xarajatlarini kamaytirish jarayonida uchraydigan
qarama-qarshilikni bartaraf etishdan iborat. Ma’lumki, ko'pincha
tovar va xizmat sifatining oshishi sezilarli darajada mehnat, moliyaviy,
moddiy resurslaming va sarflanadigan vaqtning oshirilishini talab
etadi.
Ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar sifatini boshqarish bir
qator vazifalami bajarishni talab etadi:
- sifat ko'rsatkichlari tizimini qo‘llash bilan tovarlar guruhlari
sifati darajasini tahlil etish va bashorat qilish;
- loyihalashtirish bosqichlarida sifatni baholash, namunaviy,
seriyali
va yalpi ishlab chiqarish;
- ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini nazorat qilish;
- ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- past sifat uchun jarima va jazo choralarini, yuqori sifatli
mahsulot uchun esa rag‘batlantirish choralarini qo'llash;
- mahsulot sertifikatsiyasini o'tkazish;
- tovarlar va xizmatlar sifatini tartibga solishning me’yoriy
hujjatlarini va standartlarini ishlab chiqish.
Mahsulotlar, tovarlar, xizmatlar sifatini boshqarishda yuqorida
ko‘rsatilgan boshqarish funksiyalaridan foydalanishda sifat ko‘r-
satkichi muhim rol o‘ynaydi. Farqlash uchun:
- funksional sifat ko'rsatkichi ishlab chiqariladigan mahsulot
darajasi nuqtai nazaridan o‘zining funksional yo‘naltiril-
ganligini bajarishga loyiqliligini tavsiflaydi.
Bular foydalilik,
ishonchlilik, uzoq muddatlilik, resurs hajmi, havfsizlik, qulaylik
ko‘rsatkichlaridir;
- ergonomik va estetik ko‘rsatkichlar uslubi (stili), tashqi ko‘rinish,
nufuzlik, estetika tovardan foydalanish qulayligini tavsiflaydi.
Ba’zi bir hollarda bunday sifat ko‘rsatkichlarini xillarga ajratish
shartli bo'lishi ham mumkin.
64
Ishlab chiqariladigan ayrim tovarlaming muhim sifat ko'rsatkich-
larini ko‘rib chiqamiz.
Vazifalaming funksional ko‘rsatkichlari tovar sifatini ushbu
tovami realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan va ulaming asosiy
funksiyalarini bajarish darajasi nuqtai nazaridan tavsiflaydi. Funksional
vazifalar ko‘rsatkichlarining turi va soni sotilgan tovarlar miqdori va
turlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Funksional vazifalar ko‘rsatkichlariga
oddiy misol 5.1-jadvalda keltirilgan.
5.1-jadval.
0 ‘ziga xos tovarlar vazifalarining ko‘rsatkichlari
No
Tovar turi
Ko‘rsatkichlar
1
Texnologik asbob-
uskunalar
Unumdorligi, qayta ishlashning tozaligi va aniqligi,
eskirishga
chidamliligi
2.
Transport vositalari
Yuk ko‘tarishi, hajmi, tezligi, tashish uzoqligi, eskirishga
chidamliligi
3
Energetik uskunalar
Q uw ati, unumdorligi, yoqilg‘ining solishtirma xarajati
4
Kompyuter
texnikasi
Tezkorligi, uzoq muddatli va tezkor xotira hajmi, ko‘lami
5
0 ‘lchash apparaturasi Diapazoni, aniqligi, oMchash tezligi
6
Yashash joyi va
inshoot
Maydon, hajm, joylashgan o‘mi, qavati, qulayligi
7
Oziq-ovqatlar
Kaloriyasi, komponetlari tarkibi, ta’mi,
ekologik tozaligi
Dostları ilə paylaş: