Kichik maktab oʻquvchilarida bilish jarayonlarining


International Conference on Developments in Education



Yüklə 233,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix19.02.2023
ölçüsü233,61 Kb.
#84992
1   2   3   4   5   6
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org June 8
th
 2022 
140 
hayotiy hajmi ancha tekis va propalg’tsional rivojlanadi. Ruhshunos L.S.Slavinaning koʻrsatishicha 
boshlangich sinfda bilish faolligi yetarli darajada boʻlmagan oʻquvchilar uchrashi mumkin. 
Bunday oʻquvchilar intiluvchan jihatidan normal rivojlangan boʻladilar. Bu rivojlanish ularning oʻyin va 
amaliy faoliyatlarida namayon boʻladi. Faol fikr qilish ular uchun xarakterlidir. Bunday oʻquvchilariga 
oʻqituvchi alohida xotira bilan qarashi kerak. Ularning fikr qilishi faoliyatiga odatlantirib ularni yutuqlarini 
har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi dastlabki paytlarda oʻquv vazifalarini bajarishni oʻyin va amaliy faoliyatni 
bilan bog’lab olib borish kerak. 
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning barcha oʻqish faoliyati qat`iiy ravishda maqsadga 
muvofiqlashtirilgandir. Avvalo, oʻquvchilar oʻqish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlarini, arifmetika, 
ona tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta hajmda 
bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaning bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda 
rivojlanadi. Uchinchidan, bilim jarayonlarininng taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi. Faol mustaqil 
ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nihoyat, oʻqishga boʻlgan yoʻnalish oʻqishga nisbatan 
mas`uliyatli munosabat yuzaga keladi. Bunda quyidagilar muhim hisoblanadi: 
Idrok. Kichik yoshdagi oʻquvchilar idrokining oʻtkirligi sofligi bilan farq qiladilar. Oʻquvchilarning idroki 
oʻziga xos bilimga tomoshabin tariqasida berilganlik bilan farq qiladi. 
Xotira. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar xotiraining asosiy hususiyatlari ixtiyoriy zaifligidadir. Kichik 
maktab yoshida xotirani iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan boʻladi. 
Xotira. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda xotira ta’limining ta’siri bilan ikki yoʻnalishda rivojlanadi. 
Soʻz mantiq xotirasining va ma’nosiga tushunib xotirada saqlab qolishning salmog’i kuchayadi, tartibga solish 
imkoniyatlariga ega boʻladi. 
Birinchi signal tizimi faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda soʻz 
mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda koʻrgazmali-obrazli xotira koʻproq rivojlangan boʻladi. Kichik 
maktab yoshidagi oʻquvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda aniq ma’lumotlarni, voqeliklarni, 
qiyofalarni narsalarni va dalillarni yaxshi tez esda olib qoladigan va xotiralarida mustahkam saqlaydilar. 
Xayol. Xayol muhim ruhiy bilish jarayonlaridan biridir. Xayolning faoliyatsiz oʻqituvchi gapirayotgan va 
darslarda yozilgan narsalarning tassavvur qilishni hamda koʻrgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, 
hech qanday oʻquv predmetni chinakkam oʻzlashtirishi mumkin emas. 
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchining xayoli uning oʻquv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi. 
Shuning bilan bir qatorda, bevosita taassurotlar (muzey, koʻrgazmalarni borib koʻrish, kinokartinalarni 
koʻrish, sayohatlarga borish, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham xayolni rivojlantiradi. 
Aslida, kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida hal qiluvchi siljishlar davri boʻlmasa ham, 
bunday davr oʻsmirlik davridir, shunga qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada sezilarli 
yuz beradi. Yuqorida qayd qilib oʻtilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish momenti 
hisoblanadi. Kattalar (oʻqituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. 
Bolaga butun bir jamoaviylik sistemasiga (umum maktab, sinf) qoʻshiladi. Oʻqituvchi oʻz oldiga bir qator 
jiddiy talablarni qoʻygan, oʻqishga - yangi faoliyat turiga qoʻshilish oʻquvchining oʻz hayotini qat`iy tarzda 
tashkil qilishga, qoida va rejimga boʻysunishga majbur qiladi. Bularning barchasi atrof-olamdagi voqeylikka, 
boshqa kishilarga, jamoaviy ta’limga va uning bilan bog’liq boʻlgan majburiyatlarga nisbatan yangi 
munosabatlar tizimining tarkib toptirishga va mustahkamlashga qat`iy ravishda ta’sir qiladi, xarakterni, 
irodani tarkib toptiradi, qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar taraqqiyotini belgilaydi. 
Ruhiy-axloqiy rivojlanish va xatti-haraktlar qoidalarini oʻzlashtirish kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy 
xatti-harakat poydevori qoʻyiladi, axloqiy rivojlanish va xatti-harakat qoidalari oʻzlashtiriladi. Shaxsning 
ijtimoiy yoʻnalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 
4-sinfgacha boʻlgan davr mobaynida muhim oʻzgarishlarga uchraydi. Ushbu yoshning oxirgi davrlariga kelib 
axloqiy bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada boyiydi, anchagina anglangan boʻladi, turli 
tushunchalarga ega boʻladi, umumlashadi. 1- va 2- sinf oʻquvchilarining axloqiy mulohazalari oʻz xatti-
harakatlari tajribasida, oʻqituvchilar hamda ota-onalarning aniq koʻrsatmalari va tushuntirishlariga asoslanadi. 
3-4 sinf oʻquvchilari esa axloqiy mulohazalarida oʻz xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning 
koʻrsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham tahlil qilishga intiladilar. Bu davrda 
adabiyotlarni oʻqishda, oʻquvchilar uchun chiqarilgan kinofilmlarni koʻrish ancha katta ahamiyat kasb etadi. 



Yüklə 233,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin