Kichik maktab oʻquvchilarida bilish jarayonlarining


International Conference on Developments in Education



Yüklə 233,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.02.2023
ölçüsü233,61 Kb.
#84992
1   2   3   4   5   6
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org June 8
th
 2022 
139 
2 sinf oʻquvchilarini «bu nima?» degan savol qiziqtirsa birmuncha kattaroq yoshdagi oʻquvchilar uchun «nima 
sababdan», «qanday qilib?» degan savollar tashkil boʻlib qoladi. Oʻqish malakasining rivojlanishi bilan kitob 
oʻqishga, qiziqarli boʻlgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni oʻqishga, bundan ham soʻngroq qiyin boʻlmagan 
ilmiy fantastik va sarguzashtlar haqidagi kitoblarni oʻqishga qiziqish paydo boʻladi. Texnikaga, ayniqsa, 
hozirgi zamon texnikasiga, raketalarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga boʻlgan qiziqish tez 
tarkib topadi. 
Kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq shuni ta’kidlab oʻtish 
lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli hislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat 
oʻz shaxsiy manfaati uchun bajonudil va koʻp mehnat qilishga boʻlgan xudbinni ham tarbiyalaydi. Oʻquvchilar 
oʻz-oʻziga xizmat qilish va oʻzlari uchun foydali boʻlgan narsalarni tayyorlash bilan shug’ullanayotganlarida 
ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashga xususan zoʻr e’tibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi 
oʻquvchilarni sekin-asta koʻpchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun boʻlgan ijtimoiy-foydali mehnatga 
jalb etish juda muhimdir. Oʻquv faoliyati kichik maktab yoshidagi oʻquvchi uchun nafaqat bilish 
jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat 
yaratadi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yetakchi boʻlgan oʻquv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar-oʻyin, 
muloqot va mehnat faoliyati ham oʻquvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shuningdek, bu 
faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga erishish motivlari bilan bog’liq boʻlgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa 
boshlaydi. Oʻquv faoliyati Kichik yoshdagi oʻquvchilarda oʻqishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini 
qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana 
shu oʻrin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi oʻqish uchun harakat qilishi mumkin. Ushbu 
yoshdangi oʻquvchilar doimiy ravishda oʻzlari erishgan muvaffaqqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati 
bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi boʻlish nihoyatda muhim. Ushbu yoshdagi oʻquvchilarda 
mavjud boʻlgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari 
ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. 
Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy 
shaxsiy xususiyatlarning yuzaga kelish va mustahkamlanish davri deb hisoblash mumkin. Mustaqillikni 
shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni koʻproq topshirish va unga ishonch bildirish 
nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy ruhshunosik muhit yaratish lozimki, unda bolaga biron 
bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola oʻzini tengdoshlari, 
kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilishiga imkon yaratib berish lozimdir. Ana shu his bolada 
keyinchalik mustaqil boʻlishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishda asosiy rol oʻynashi mumkin. 
Maktabga kelish oldidan bola oʻz hayotining eng muhim davriga, ya’ni maktab davriga tomoniga qoʻyiladigan 
turli tuman talablarni bajarishga, boshqacha qilib aytganda, ta’lim olishga hali ham jismoniy, ham ruhshunosik 
jihatidan tayyor boʻlmaydi. Oʻquvchilarning kichik maktab yoshidagi davri 7 yoshidan 11 yoshgacha 
boshlang’ich sinflarda oʻqishi yillariga toʻg’ri keladi. Bog’cha yoshidagi bolalik davri tugadi. Bola rasm 
chizish mashg’ulotlarida melg’ yoki plastinkadan narsa yasash ishlarida va eng oddiy koʻrish yasash 
mashg’ulotlarida yaqqol namayon boʻladi. Bola oʻz xotiraini boshqarishda oʻz xotiraini mustaqil tashkil 
qilishida bir muncha tajriba xosil qilgan boʻladi. 7 yosh bolaning soʻz xonasi ham yetarli darajada boy va 
mavhum tushunchalar miqdori ancha yuksak boʻladi. Bola eshitganlarini yetarli darajda keng tushunadi. Soha 
mutaxxassislarining yaratilgan tadqiqotlaridan ma’lum boʻlishicha, yaxshi tashkil qilingan ta’lim 6 yoshdan 
7 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar tafakkurini rivojlantiradi. Ular sodda mashqlar va masalalarni tuza oladigan 
hamda yecha oladigan boʻladilar. Ularda burch hissi va javobgarlik hissi endigina namayon boʻla boshlaydi. 
7 yoshli bola oʻz hissiyotlarini boshqarish tajribasini ega boʻlarningt hammasi maktab ta’limiga tayyorgarligi 
muhim shartlaridan biri yuqorida aytganlarining hammasi bolaning maktab ruhshunosliksi jihatidan tayyor 
ekanligi obyektiv tamoyillarga maquldir. Boshlang’ich sinflarda pedagog ishlarni tashkil qilishda Kichik 
yoshdagi oʻquvchilarning rivojlanish xususiyatlarini ijtimoiy taraqqiyot darajasini ham hisobga olish lozim. 
D.N. Levitov toʻg’ri qayd qilib oʻtganidek hech bir maktab yoshida salomatlik holatiga va ijtimoy 
taraqqiyotiga kichik maktab yoshidagi maxkam bog’liq boʻlmaydi. Bola 7 yoshdan 11 yoshgacha jismoniy 
jihatdan nisbatan osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. Boʻyi va og’irligi organizmning tiniqligi oʻpkasining 



Yüklə 233,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin