Zamonaviy tendensiyalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix27.02.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#85865
ZDPP1325



106 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
O`ZBEKISTONDA BOSHLANG`ICH TA`LIMNI RIVOJLANTIRISHNING 
ZAMONAVIY TENDENSIYALARI 
Norbekova Zebo
1

O`ralova Mehriniso

1
Termiz tumani 17-maktab o’qituvchisi 
2
Termiz Davlat Universitetining 
Pedagogika instituti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6559965 
Annotatsiya: Bu maqolani yozilishidan maqsad, boshlang`ich ta`limni 
zamonaviy usullar yordamida rivojlantirib borishda boshlang`ich ta`lim 
o`qituvchi va o`quvchilarining o`rni haqida yoritib berishdan iborat. 
Kalit so’zlar:  Zamonaviy ta`lim, boshlang`ich ta`lim, tendensiya, ta`lim tizimi, 
tafakkur, o`qituvchi, o`quvchi,   ko`nikma, ong, tarbiya, ona tili, matematika.
Zamonaviy boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi o`quv - bilim jarayonining rahbari 
hisoblanadi. Shu sababdan, boshlang`ich sinf o`qituvchisi jarayonga to`g`ri 
rahbarlik qilish uchun, chuqur bilimga ega bo`lishi kerak. Shu bilan birga yuksak 
kasb mahoratiga ega bo`lishi lozim. O`qituvchi ko`p jihatdan o`quvchiga 
o`rnakdir. Shuning uchun ham u birinchi navbatda bolani o`ziga jalb eta olishi 
kerak. Yangilanayotgan boshlang`ich ta`lim nazariyasi o`qituvchining shaxsiy 
sifatlari, kasb mahorati va bilim darajasini diagnostika qilish asoslarini ishlab 
chiqishi lozim. Tekshirish natijalari asosida boshlang`ich sinf o`qituvchilarini 
tayyorlash va qayta tayyorlash va ta`lim amaliyotiga joriy etilishi kechiktirilib 
bo`lmaydigan 
vazifalardan 
biridir. 
Boshlang`ich 
maktab 
yoshidagi 
o`quvchilarning ta`lim faoliyatini yaxshilashning eng samarali shakli – bu 
o`qituvchining bilimliligi va mahoratida. Shu sababli avvalo ta`lim sifatini 
yaxshilashning yo`li birinchi navbatda kasbini sevuvchi hamda mahoratli 
o`qituvchi tayyorlashda. O`qituvchi mahoratli bo`lsa , albatta o`quvchilar bilimli 
va har tomonlama yetuk bo`ladi. Buning uchun avvalo o`qituvchining o`zi har 
tomomlama barkamol bo`lishi talab etiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “ 
Yangi O`zbekiston strategiyasi” kitobida shunday so`zlarni ta`kidlab o`tgan “ 
Jonajon Vatanimiz – O`zbekistonni eng rivojlangan davlatlar, qatoriga olib 
chiqish sharafli va ayni paytda nihoyatda mas`uliyatli vazifa” . Biz rivojlangan 
davlatlar qatoriga olib chiqishimiz uchun ta`lim tizimiga katta e`tibor 
qaratilyapdi. Buning dadili sifatida O`zbekiston hududining har bir viloyatida 
“Prezident maktablari” qurilayotgani. 
Zamonaviy boshlang`ich ta`lim jarayonida o`quvchilarni rivojlantiruvchi 
xarakterga ega bo`lgan ta`lim tizimi tadbiq qilingan. Unda kichik maktab 
yoshidagi o`quvchilar o`z yosh xususiyatlari, tafakkuri hamda ruhiy darajalarini 


107 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
o`zlashtirish imkonini beradigan ta`limiy faoliyatga kirishadilar. Kichik maktab 
yoshidagi bolalarda o`qish hamda o`rganishga qaratilgan faoliyatning 
shakllanishida, har bir o`quv predmeti bo`yicha nazariy bilimlarni egallash 
jarayonida ularning ongi va tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur 
o`z xarakteriga ko`ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o`zlashtirish natijasida 
vujudga kelgan ong va tafakkur bo`lib, bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini, 
dunyoqarashining rivojlanishini ta`minlaydi. Shu asosga ko`ra, boshlang`ich 
ta`limning bosh maqsadi kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim olishga, 
o`rganishga qaratilgan faoliyatni shakllantirish. Va shu asosida ularni 
tarbiyalash hamda shaxsiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarishdan iborat. Kichik 
maktab yoshidagi o`quvchilarning rivojlanishida o`yin, sport, ijodiy faoliyat ham 
muhim o`rin tutadi. Lekin o`qish, o`rganish, ya`ni ta`limiy faoliyat boshqa barcha 
faoliyat turlarini muayyan bir maqsadga- bolani mujassam rivojlantirish 
maqsadiga yo`naltirishi lozim.
Zamonaviy boshlang`ich ta`lim uchun istiqbolli, ustuvor yo`nalishlardan biri 
bu shaxsning umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida 
rivojlantirishdan iboratdir. O`quvchilarda har tomonlama rivojlangan shaxsni 
tarbiyalashga yo`naltirilgan tarbiya jarayonidir. Bugungi kunda o`zida ta`lim va 
tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang`ich ta`lim jarayonini tashkil 
etish dolzarb mavzulardan biridir. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarni 
o`qitish va ulardan milliy hamda umuminsoniy tarbiya elementlarini singdirish 
yo`li amaliy jihatdan tadbiq qilinishi lozim. Bunda o`quv materiali shaklida 
berilgan ta`limiy matnlarda o`quvchilarda turli shakllarda axloqiy – ma`naviy 
tarbiya va milliy nafosat meyorlarini, diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarni 
singdirish nazarda tutiladi. Boshlang`ich ta`lim jarayonida ona tili va matematika 
ta`limining ahamiyati beqiyosdir. 
O`quvchilarning salomatligi ta`limning samaradorligini ta`minlaydi. Ularning 
o`qishi va dam olishini tashkil etish. Ta`lim vositalarining mazmunini aniqlashda 
bolaning yoshi bilan bog`liq tarzda jismoniy hamda aqliy rivojlanishi hisobga 
olinishi zarur. Bu o`quvchilarning yaxshi bilim olishiga va jismoniy rivojlanishiga 
yordam beradi. 
Xulosa zamonaviy boshlang`ich ta`lim uchun istiqbolli, ustuvor 
yo`nalishlardan biri bu –o`quvchilarning yetuk shaxs sifatida rivojlanishi hamda 
milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosidan iboratdir. Boshlang`ich sinf 
o`qituvchilari va o`quvchilarining zamonaviy ta`limda o`rni haqida o`rganishda 
ushbu maqoladan foydalanishni talaba, ilmiy izlanuvchilar hamda boshlang`ich 
sinf o`qituvchilari uchun tavsiya etiladi. Zamonaviy ta`limning o`rni O`zbekiston 
yoshlarining kelajagidir. 


108 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 
1. SH. M. Mirziyoyev. Yangi O`zbekiston strategiyasi.
2. Shavkat Mirziyoyev. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan 
quraylik”. Toshkent. “O`zbekiston”. 2017. F.Xaliqov, N. Isakulova. “Umumiy 
pedagogika”.
3. R. Mavlonova, N. Rahmonqulova. “Bosjlang`ich ta`limda pedagogika
innovatsiya, integratsiya”.
4. “G`afur G`ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi”. Toshkent-2013. 
5. A`zam Xoliqov. “Pedagogik mahorat”. “Tafakkur bo`stoni”. Toshkent-2011. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin