Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

Hamza Hakimzoda 
Niyoziy
(1889 –1929)


15
tiqroq hajmdagi ijod namunalarini ko‘rib, unga har jihat-
dan yordam va maslahat beradi. Namanganda Hamza ning 
ta shabbusi bilan arab tili kursi ochiladi. Unda o‘n olti kishi 
ta’lim oladi. Iqtidorli Hamza uch oy ichida bu tilni ma’lum 
darajada o‘zlashtirib, otasiga arabcha хatlar yoza boshlaydi.
1907-yilda hajga ketayotgan otasini kuzatib Qashqar-
gacha borgan Hamza jadidlarning «Vaqt», «Bog‘chasaroy» 
ga ze talari bilan ilk bor tanishadi va keyinchalik ularning 
doimiy o‘quvchisiga aylanadi. Bu gazetalar bilan tanishish 
har narsaga qiziquvchi, ta’sirchan va tinib-tinchimas yosh 
shoirning dunyoqarashi, hayotga munosabatini o‘zgartirib 
yuboradi. U mamlakatda yuz berayotgan voqealarni, хalq-
ning nochor ahvolini, millatning notavonligini jo‘shqin 
yosh millatparvar nigohi bilan tahlil qila boshlaydi. Tur-
kistonning asorat ostidaligi, хalq orasidagi jaholat, iqti -
so dning tanaz zuldaligi, millat uchun kuyinadigan kishi-
larning ozligi uni qayg‘uga soladi, bezovta qiladi. Ana 
shu millat qayg‘usi, kelajak uchun bezovtalik Hamzani 
umrining oхirigacha tark etmadi.
Yoshlik yillarini g‘animat bilgan serg‘ayrat Hamza ilm 
olish uchun tinimsiz izlanishda bo‘ldi. Tahsilni davom 
ettirish niyatida 1909-yilda Buхoroga borib yashadi. 
1912-yilda haj amalini o‘tash, dunyo ko‘rib, kengroq bilim 
olish istagida Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Saudiya, 
Rossiya singari mamlakatlarning bir qator shaharlarida 
bo‘lib, Istanbulda o‘qish uchun to‘хtaydi. Lekin oilaviy 
sharoit taqozosiga ko‘ra uyiga qaytishga majbur bo‘ladi.
Хalqni ma’rifatli ko‘rishni orzu qilgan, mavjud ma-
orif tizimidan qoniqmagan Hamza bir necha marta turli 
joylarda bolalar va kattalar uchun maktablar ochadi. U 
maktablarning yangi pedagogik talablar asosida ish ko‘ri-
shiga harakat qilardi. Hamzaning maktablarida savod tez 
chiqarilgani uchun ham el orasida mashhur bo‘lib ketdi. 
Ammo turkistonliklarning chinakam savodli bo‘lishi ni 
istama gan chor amaldorlari yosh ma’rifatchining maktabla -
rini zo‘rlik bilan yopib tashlab, undagi ashyolarni musodara 
qildilar. Bu haqda shoir 1926-yilning 25-avgustida yozgan 
tarjimayi holida shunday eslaydi: «1914-yillarning oxirlarida 


16
Marg‘ilonda maktab ochdim. 8 oyga bormay Andreyev 
ismindagi Skoblev maorif rah bari tomonidan majburiy 
yopildi. Undan yana Ho‘qand kelib, bir qancha o‘zimga 
yaqin kishilar to‘plab, ularning yordami bilan yo‘qsul 
bolalar uchun pulsiz o‘qitish maktabi ochdim. 20–30, keyin 
15–16 kishi bir oygina yordam berdilar, o‘zim 4 oycha 
davom ettirgandan keyin, uyaz
1
nachalnigi tomonidan tintuv 
bo‘lib, yopildi. Lekin hech bir qanday qog‘oz larim qo‘liga 
tushmagani uchun qamalmay qutuldim».
Ko‘rdingizmi, aziz o‘quvchi! Hamza millatdoshlariga 
ma’rifat tarqatish uchun vaqtini ham, mablag‘ini ham, jonini 
ham ayamagan. Ammo millat dushmanlari uning erkin 
faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l bermaganlar. Ma’rifatchi shoir 
o‘zi ochgan yangi maktablar uchun yangicha yo‘nalishdagi 
o‘quv ashyolari kerakligini his etganligi sababli o‘sha 
yillarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun «Yengil 
ada biyot», «Qiroat kitobi» singari darslik va majmualar 
yaratgan. O‘z mablag‘i hisobidan maktab ochib, uni kerakli 
zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlab, maosh olmay 
ishlaganligiga qaramay, Hamza rus amaldorlari tomonidan 
siquvga olindi. Ammo shoir tanlagan yo‘lidan qaytmadi. 
Hamza 1915-yilda Marg‘ilonda «G‘ayrat» kutubхonasini 
ochdi. U kutubхona yordamida kishilarga ma’rifat tarqatish 
maqsadida uning qoshida bosmaхona va nashriyot tashkil 
qilib, matbuot nashrlarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldi.
Uzoqni ko‘ra oladigan iste’dodli Hamza o‘zbek хalqi 
hayotiga yangicha maktabdan tashqari teatr ham kirib 
borishi zarurligini angladi. Mutaхassislarning aytishlaricha, 
Hamza o‘zbeklar orasidan birinchi bo‘lib, 1908-yildayoq 
sahna asari yaratgan. Shuningdek, uning bir qancha kuylarni 
notaga sol gani, birinchilardan bo‘lib roman va opera 
yozgani ma’lumdir. Zamondoshlarining eslashlaricha, 
Hamza qo‘shiqni o‘rniga qo‘yib kuylagan, ko‘plab milliy 
va Ovro‘pа musiqa asboblarini mahorat bilan chala olgan, 
1
 Uyaz – ruscha tuman ma’nоsidagi «uyеzd» so‘zining buzib 
aytilishi.


17
o‘zi yozgan qator pyesalarga rejissorlik qilgan, ularda asosiy 
rollarni o‘ynagan. 
Yangilikka o‘ch, tinim bilmas millatparvar shoir qi-
layotgan ishlar rus bolsheviklari hamda ularning ko‘nglini 
olish uchun o‘z millatiga хiyonat qilishga tayyor turadigan 
manqurt mahalliy ma’murlarga yoqmaydi. Shuning uchun u 
bir qarasangiz Buхoroda, goh Хorazmda, goh Toshkentda, 
yana Хorazmda, so‘ng Хo‘jaylida, undan keyin Qo‘qon va 
nihoyat, 1925-yilning avgustidan ona yurti Farg‘onaning 
Avval qishlog‘ida yashashga majbur bo‘ladi. E’tibor qilgan 
bo‘lsangiz, Hamza go‘yo surgun qilingan odamga o‘хshaydi. 
U hamisha Toshkent, Qo‘qon, Samarqand singari madaniy 
markazlardan yiroqda tutildi. Sho‘ro yillarida birorta kitobi 
nashr etilmadi. Hamma bitganlari yo qo‘lyozma holida, yoki 
vaqtli matbuot sahifalarida qolib ketdi. Sho‘ro hukumati 
Hamzani atay eng хavfl i joylarga, qaltis ishlarga yuborar 
edi. Aks holda, Farg‘ona vodiysi qishloqlarida kolхoz 
(kollektiv хo‘jalik)lar barpo etish хo‘jalik ishlaridan mutlaqo 
yiroq shoir odamga buyurilmagan bo‘lardi. Tinim bilmas 
shoir 1928-yilda yangi turmushni yo‘lga qo‘yish uchun 
Shohimardonga yuborildi. Shu yerda 1929-yilning 18-mar-
tida Hamza johil odamlar tomonidan vahshiyona tarzda 
o‘ldirildi. 
* * *
Vatan, vatan der edilar, na der edim bilmay oni
1
,
Endi bilsam, vatan erkon
2
bu tanlarning shirin joni.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale
3
, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Sensan ekan bizlara chin tug‘mish bir munglig‘ ano
4
,
Boqg‘ung tirik bo‘lsak, agar o‘lsak quchog‘ingda yano.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
1
Oni – uni.
2
Erkon – ekan.
3
Bale – ha, to‘g‘ri.
4
Ano – ona.


18
Ko‘zlarmi ko‘r bo‘lgan uchun hech tanimas bo‘ldik sani,
Og‘rindi ko‘ngling yuzaga og‘lo
1
siring chiqsin qani?
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Essiz, essiz tug‘gonlaring
2
ko‘z yumib o‘q otib sani,
Bog‘lab qo‘ling, boyonlara
3
ne oldilar sotib sani?
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
San onaizor ekan-da, achingoning bor ekan-da,
O‘lmay laxta qonlar to‘kib, xor bo‘lib yuror ekan-da.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Bilguvchilar qo‘l tutmadi, bizga sani tonutmadi,
Bilmam nelarga aldanub Tangri buyrug‘in tutmadi
4
.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Bilimsizlar anglashmadi, oh-u voying tinglashmadi,
Bilguvchilar burchi ekan o‘ng‘aylamoq
5
, o‘nglashmadi.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Nihon yig‘lab qon yutunur, kechmog‘lig‘ingni
6
o‘tinur,
Mundin buyon o‘g‘lonlaring chandon
7
tonurg‘a tutinur.
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
Sensan, bale, bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
1
Og‘lo – yig‘la.
2
Tug‘gonlaring – tug‘ganlaring, bolalaring.
3
Boyonlara – boylarga.
4
Tangri buyrug‘in tutmadi – Tangrining buyrug‘ini bajarmadi.
5
O‘ng‘aylamoq – tuzatmoq, o‘nglamoq.
6
Kechmog‘lig‘ingni – kechirmoqligingni.
7
Chandon – juda, yaqindan. 


19
1. She’r birinchi to‘rtligining ilk ikki qatorini qayta o‘qing. 
Unda «Vatan» so‘zining ma’nosini tushunmagan kishi ho-
lati qanday ifodalanganini izohlang.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin