Bulut texnologiyasi nima va nega kerak



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/37
tarix03.03.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#86503
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
6288047 (1)

Xonani tanlash 
 
Xona keng, me’yorida yoritilgan va havosi oson almashtiriladigan bo’lishi 
kerak. Yorqin quyosh nurlari monitorga salbiy ta’sir etadi.Qorong’i xonada faqat 
ish joyini yoritish ham maqsadga muvofiq emasdir. 
Stolni shunday joylashtiring-ki, deraza oynasi qarshingizda bo’lmasin. Agar 
buning iloji bo’lmasa, u holda qalin parda yoki jalyuzi sotib oling, shunda 
derazadan tushayotgan yorug’lik sizga xalal bermaydi. Agar oyna yon tomonda 
bo’lsa, yana parda yoki jalyuzi joningizga oro kiritadi. 
Chang va issiqlik salomatlikka putur yetkazibgina qolmay, texnikaga ham 
yomon ta’sir o’tkazadi, shuning uchun xonaga konditsioner o’rnatgan ma’qul. 
4.1-rasm.Xonani tanlash. 
 
 


58 
Kiyim haqida 
 
Inson organizmiga kompyuter moslamalarining muntazam ravishdagi 
elektrostatik potentsiali ham zarar etkazadi. Elektr maydonining doimiy ta’siri 
ostida organizmda elektrogipnoz holati ro’y beradi. Natijada bosh og’rig’i, holdan 
toyish, bosh aylanishi kabi holatlar vujudga keladi. 
Sintetikadan 
tayyorlangan 
matolar 
tabiiy 
mato 
va 
badan 
bilan 
ishqalanganida statik elektr tokini hosil qiladi, bu esa texnika uchun zararlidir va 
yerda o’rnatilgan detallarga tegib ketganingizda yoqimsiz tuyg’uni his qilasiz
shuning uchun polga tabiiy jundan to’qilgan palosni to’shab qo’ying, o’zingiz esa 
tabiiy matodan tikilgan kiyim-kechakda bo’ling. 
Jihozlarni tanlash 
 
Stol imkoni boricha katta bo’lishi lozim. Bu asosiy shartdir, chunki agar 
barcha moslamalarni o’rnatish uchun joy kamlik qilsa, ergonomika to’g’risida 
eslamasa ham bo’ladi. Stolning balandligi qorin o’rtasi bilan bir sathda bo’lishi, 
oyoqlar polda tekis turishi, bo’ksa pol bilan parallel bo’lishi, gavda esa tik holatda 
bo’lishi kerak. 
Mabodo maxsus kursingiz bo’lsa: 
Nimaning ustida va qanday o’tirishingiz oyoqlar va asosiysi, umurtqa 
pog’onasining holati va qulayligi uchun juda muhimdir. Agarda sizda maxsus kursi 
bor bo’lsa, ayni muddao: g’ildirakchalar, fiziologik suyanchiq va balandlikni 
o’zingizga moslab olishingiz uchun tayyorlangan moslama sizga qulaylik yaratadi. 
Yagona tavsiyamiz shu-ki, gavda holatini tez-tez o’zgartirib turing, ya’ni bir oz 
klaviaturaga engashib o’tirgach, kursi suyanchig’iga suyanib o’tiring va hokazo. 
Mabodo kursi bo’lmasa: 
Shunday qilib, to’g’ri o’tiring. Hamma narsa qo’l ostida. Ancha ishladingiz, 
“sichqoncha” bilan ovora bo’ldingiz, endi gavdangizni orqaga tashlab, o’zingizni 
bo’sh qo’ying. Kursining orqa oyoqlarida chayqalib o’tiring. Bu holatda ham 


59 
barchasi qo’l ostingizda va qulay bo’lishi juda muhimdir. Klaviaturani tizzalaringiz 
ustiga qo’yib olishingiz mumkin. Hech narsa sizni ishdan chalg’itmasligi, hech 
narsa sog’ling’izga putur yetkazmasligi kerak. 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin