52
Maslahatlar:
klaviatura albatta tirsaklaringizdan pastroqda bo’lishi kerak;
yelka va bilaklar orasidagi burchak 121 darajadan kam bo’lmasligi
kerak;
uzoq vaqt ishlayotganingizda kaftlaringizning ichki tomonlari tayanchga
ega bo’lishi kerak;
qo’llaringiz pastga osilgan holda bo’lishi mumkin emas, kursining qo’l
uchun suyanchiqlariga qo’yib o’tiring;
boshingizni oldinga egib o’tiring,
displey ekranini shunday
joylashtiringki, sizning nigohingiz ozgina pastroqda bo’lsin;
stul yoki kursi suyanchig’iga suyanib o’tiring.
To’g’ri holat
O’tirganingizda gavdangizni bir oz orqaga tashlang. Bunday holat umurtqa
pog’onasiga og’irlik tushmasligiga, tana bo’ylab qon aylanishining yaxshilanishiga
olib keladi, bu esa ayni kuchga to’lgan erkaklar uchun juda muhimdir. Qo’llaringiz
kursining qo’l uchun suyanchiqlarida erkin turishi lozim. Tirsak va bilaklaringizni
bo’sh qo’ying. Kaftlaringiz bilaklaringiz bilan bir chiziqda bo’lsin, ya’ni bilakdan
pastda yoki tepada bo’lmasin, faqat barmoqlargina ishlasin. Bo’ksangiz tanangizga
nisbatan to’g’ri burchakda, tizzalaringiz esa bo’ksaga nisbatan to’g’ri
burchak
ostida bo’lsin.
Oyoqlar polda yoki oyoqlar uchun tayyorlangan maxsus moslama ustida
tursin.
Harakatlar
AQSH mehnat statistikasi Byurosining ma’lumotlariga ko’ra, 1981-yilda
tayanch-harakat
apparatining yuqori qismi, ya’ni qo’l-panja kasalliklari kasbiy
53
kasalliklar umumiy sonining atigi 18% ni tashkil etgan. Lekin 80-yillar davomida,
ya’ni kompyuterlashtirish g’oyat tez sur’atlarda o’sib borgan 10
yil ichida, bu
kasallik shu qadar ko’p aytib ketdi-ki, 1989-yilda
butun kasbiy patologiya
strukturasining 52 % ini tashkil etdi. Bir necha ming AQSh aloqa xodimlari
uyushmasi a’zolarining salomatligini o’rganib borish natijasida ularning 20% ga
yaqini surunkali ravishda kasbiy qo’l-panja kasalliklaridan aziyat chekishlari
ma’lum bo’ldi. Amerika Qo’shma Shtatlarining
bir qator kompaniyalari
tendovaginit, ligamentit (karpal kanal sindromi), shuningdek, qo’llarning
muntazam ravishda og’rishigina emas. Balki mehnat qobiliyatini yo’qotishgacha
olib keladigan boshqa paylar yallig’lanishi kasalliklariga duchor bo’lgan
bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida bir
necha million dollar zarar
ko’rmoqda”,(Gun G.E.–kompyuter: Sog’liqni saqlash yo’llari, Moskva. 2002-y).
Dostları ilə paylaş: