56
beradi. Ayniqsa, tahlil qilingan davr mobaynida jamg‘arma depozitlarining
depozitlar umumiy hajmidagi salmog‘ini 7,2 foizga
yetganligi va tahlil qilin-
gan davr mobaynida 6,4 punktga o‘sganligi ijobiy holat hisoblanadi. Buning
boisi shundaki, birinchidan, jamg‘arma depozitlarining asosiy qismini tashkil
etuvchi aholining muddatli omonatlari arzon va
barqaror resurs manbai hi-
soblanadi; ikkinchidan, respublikamizda aholining ixtiyoridagi vaqtinchalik
bo‘sh pul mablag‘lari infl yatsion jarayonlar uchun jiddiy manba hisoblanadi.
Rivojlangan industrial mamlakatlar, xususan, AQSh, Yaponiya, Germaniya,
Avstriya mamlakatlarida aholi to‘lovlarining asosiy
qismi naqd pulsiz shakl-
da amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mazkur mamlakatlar amaliyotida
naqd pullar infl yatsion jarayonlar uchun manba bo‘lib hisoblanmaydi.
Respublikamizning boshqa yirik banklarida ham jamg‘arma depozitlariga
xos bo‘lgan, yuqorida qayd qilingan holatni kuzatish mumkin.
Tijorat banklari depozit siyosatining samaradorligini tavsifl ovchi
muhim omillardan biri depozitlarning bank passivlarining umumiy hajmi-
dagi salmog‘ining o‘zgarishi hisoblanadi. Rivojlangan
xorijiy davlatlar bank
amaliyotida depozitlar tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga ko‘ra
birinchi o‘rinni egallaydi. Ikkinchi o‘rinda depozitsiz resurs manbalari turadi,
uchinchi o‘rinni esa, bank kapitali egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi bank
amaliyotida esa, yirik tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga ko‘ra
birinchi o‘rinni depozitsiz resurs manbalari, ikkinchi o‘rinni bank kapitali,
uchinchi o‘rinni esa depozitlar egallaydi.
Biz quyida «A» bank depozitlarining passivlar hajmidagi salmog‘ini
ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, «A» bankda, tahlil
qilingan davr mobaynida
depozitlarning passivlar umumiy hajmidagi salmog‘i yuqori darajada pasay-
gan. Bu esa, albatta, salbiy holat hisoblanadi. Chunki, birinchidan, depozit-
siz resurs manbalari depozitlarga nisbatan bahosi sezilarli darajada yuqori
bo‘lgan
resurs manbalari hisoblanadi; ikkinchidan, bank kapitali moliyalash-
tirishning nisbatan qimmat shakli hisoblanadi.
2009–2011-yillar mobaynida «A» bankda depozitlar salmog‘i
ko‘rsatkichining keskin pasayib ketishida banklararo kreditlar va kapi-
tal salmog‘ining yuqori sur’atlarda o‘sishi asosiy rolni o‘ynadi. Masalan,
2009–2011-yillar mobaynida banklararo kreditlarning passivlarning umu-
miy hajmidagi salmog‘ining o‘sishi 960,9 foizni tashkil qildi.
Bunday dara-
jada yuqori o‘sish bankning xorijiy banklarning va xalqaro moliya-kredit
tashkilotlarining kredit liniyalarini o‘zlashtirishdagi faolligi bilan izohla-
nadi.