Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 490,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix05.03.2023
ölçüsü490,95 Kb.
#86678
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
davlat-boshqaruvida-ma-muriy-organ-sifatida-mahallalarning-o-rni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
432 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
ravnaq topadi, natijada har bir oila farog‘atda hayot kechiradi. Bunday tajriba 
Yaponiya uchun ham g‘oyat zarur, deb hisoblayman.” 
Yaponiyalik Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarini o‘rganish instituti ijrochi 
direktori T.Tanaka: “Mahalla nafaqat fuqarolik jamiyatining asosi, balki 
demokratiyaning katta maktabidir. U, albatta, xalqning ma’naviy hamda madaniy 
qadriyatlarini 
saqlash 
va 
rivojlantirish, 
shuningdek, 
mamlakatni 
modernizatsiyalashda poydevor bo‘lib xizmat qiladi” –deya ta’kidlaydi. 
Fransiya Milliy assambleyasi deputati, “Fransiya -O‘zbekiston” do‘stlik guruhi 
rahbari o‘rinbosari T.Mariani:
“Mahallaning borligi —xalqingizning baxti. Biror masala bo‘lsa, shu maskanda 
sizga yordam berishadi. Buni yoshlar tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar misolida aniq 
tasavvur qilish mumkin. Bola maktabdan kelgach, hududdagi fan va sport 
to‘garaklarida vaqtini mazmunli o‘tkazadi. Muhimi, yomon illatlar ta’siriga tushib 
qolmaydi. Shu bois, mahallani har tomonlama o‘rganish, uning ilg‘or tajribasini 
dunyoga yoyish zarur, deb o‘ylayman.”
O‘tgan yili Janubiy Koreya, AQSh, Germaniya, Xitoy, Belgiya, Buyuk Britaniya, 
Fransiya kabi davlatlarda “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” nomli 
kitob hamda “O‘zbekistonda mahalla instituti: tarixiy tajriba va hozirgi kun” hujjatli 
filmi taqdimotiga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatlari hamda uchrashuvlarda ham 
xorijlik ekspertlar tomonidan qimmatli fikr-mulohazalar bildirildi. Bu esa, shubhasiz, 
o‘zbek mahallasi haqiqiy ma’noda xalqchil demokratiya maktabi sifatida shakllanib 
borayotganining xalqaroe ‘tirofidir. 
Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga 
xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli 
ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar 
(davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik 
jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson 
huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish 
mumkin.[3]
Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlari shundan 
iboratki, demokratik tamoyillar asosida jamiyatimizni rivojlanishida fuqarolik 
institutlari faoliyatiga keng o‘rin berilmoqda, fuqarolarda jamiyatni yanada 
rivojlantirishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mexanizmlari davlatning 
e’tiboridan chetda qolmaganligi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda davlat 
institutlari bilan hamkorlik qilish yanada mustahkamlanmoqda.



Yüklə 490,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin