ORIENTAL UNIVERSITETI
PP(s) 1-3 GURUH
FAN: YOSH ANATOMYASI
FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: BOLALAR NEVROZ
KASALIGI VA UNI OLDINI OLISH
BAJARDI: CHALOVA.N.
Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni
oldini olish
Nevroz,psixonevroz,nevrotik buzilish,nevroz kasalligi (qadimgi yunon.
νε ρον «asab» dan yangi lot. neurosis) uzoq davom etadigan funktsional
psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri
astenik, ornashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek,
aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan
tariflanadi.
Barcha hollarda psixogen omillar bu nizolar (ichki yoki tashqi),
psixologik travmaga olib keladigan vaziyatlar ta’siri,
stress
yoki uzoq
vaqt mobaynida psixika hissiy va aqliy sferasining zo’riqishi bo’ladi.
Stress
— inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy
emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress
chog’ida inson organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni
ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi stress hamma uchun kerak, chunki
bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yo’lini topishga undaydi,
stresssiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda
ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish
qobiliyatini yo’qotadi. «Nevroz» tushunchasi tibbiyotga 1776-yilda
shotlandiyalik shifokor Uilyam Kallen tomonidan kiritilgan. Terminning
mazmuni qayta-qayta boshqatdan ko’rib chiqilgan, lekin hozirgacha
uning umume’tirof qilingan ta’rifi yo’q. Shuni ham ta’kidlab o’tish
kerakki, tibbiyot va biologiyada oliy asab faoliyatining turli funktsional
buzilishlari ham «nevroz» deb nomlanadi. «Nevroz» termini hozirda
Amerika Qo’shma Shtatlarida professional psixiatrik hamjamiyat
tomonidan ishlatilmaydi. Amerika psixik buzilishlar diagnostik va
statistik qo’llanmasining 1980 yilda DSM-III uchinchi nashridan boshlab
«nevrozlar» bo’limi bekor qilindi. Misol uchun, depressiv nevroz
o’rniga
Dostları ilə paylaş: |