2 Ajratish mezonlari 3 Nevroz alomatlari va belgilari
3.1 Ruhiy alomatlar
3.2 Jismoniy alomatlar
4 Nevrozning boshqa kasalliklar va alomatlar bilan
aloqasi
4.1
Bosh ogrigi
4.2 Vegetotomirli distoniya
4.3 Panik buzilishlar, fobiya, tashvish hissi
5 Nevroz kasalligini davolash 6 Nevroz kasalligini oldini
olish
NEVROZ RIVOJLANISHINING SABABLARI
VA MEXANIZMLARI
I. P. Pavlov ozining fiziologik talimoti doirasida nevrozni noadekvat kuch
va tashqi qozgatuvchilar tasiri tufayli miya postlogida ota zoriqish
natijasida oliy nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb
belgilangan. XX asr boshlarida «nevroz» klinik atamasini nafaqat
odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qollash kop bahs-
munozaralarga olib keldi. Psixoanalitik nazariyalar
nevrozni va uning
alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi.
Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini qondirishga tosqinlik
qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga qarshi
kurashadigan, lekin yenga olmaydigan uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy
vaziyatlarsharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi.
Zigmund Freyd
bunday nizolarni «Id»ning instinktiv talablarni jamiyatdagi odob-axloq va
meyorlarni nazarda tutadigan «Super-Ego» tomonidan bostirilishidagi
fundamental qarshiliklarda korgan. Karen Xorni hisoblashicha,
nevrozning fundamental nizosi shaxsning mos kelmaydigan himoya
tendentsiyalari ortasidagi qarama-qarshilikning natijasidir. Xorlik,
ijtimoiy izolyatsiya, ota-onalarning
mutlaq boshqaruvchi mehr-
muhabbati, beparvo va tajovuzkor munosabat kabi noqulay ijtimoiy
omillardan himoyalanish uchun, bola «odamlar tomon», «odamlarga
qarshi» va «odamlardan nari» yonalishlarga asoslangan himoya usullarini
shakllantiradi. Odamlar tomon harakat qilish, asosan, boysunish, sevish,
himoya qilishni ifodalaydi. Odamlarga qarshi harakatlar odamlar ustidan
hokimiyat ornatishga, shuhratga,
tan olinishga, muvaffaqiyatga, kuchli
bolishga va hayot bilan kurashishga intilishni ifodalaydi. Odamlardan nari
harakati mustaqillik, erkinlik, odamlardan
holi bolish zaruriyatini
ifodalaydi. Nevrotik bemor bir vaqtning ozida barcha uch
tendentsiyalarga ham moyil boladi, lekin ulardan biri ustunroq boladi,
shuning ustun nevrotiklarni «boysunuvchi», «tajovuzkor» va «ajralgan»
turlarga tasniflash mumkin. Karen Xorni himoya tendentsiyalari
ortasidagi qarama-qarshiliklarning sababi
bolgan muammolarga katta
etibor bergan. Umuman olganda, bugungi kunda ham psixologik omillar
(shaxsning xususiyatlari, uning kamolotga yetishi va tarbiya topishi
sharoitlari, jamiyat bilan aloqalarni ornatish shartlari, intilishi darajasi),
ham biologik omillar (muayyan psixogen tasirlarga nisbatan zaifroq
qiladigan malum neyromediator yoki neyrofiziologik
tizimlarning
funktsional tanqisligi) nevroz rivojlanishiga turtki boladigan omillar
sifatida qaralmoqda.
Dostları ilə paylaş: