47
kеrak. Ekskursiya vaqtida olingan ma’lumotlardan jadvallar tuzish uchun
ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash uchun va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar (1,2 sinflar) bilan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari
ishlarning sanab o‘tilgan turlaridan ko‘pincha, epizodik tadbirlar, matеmatik
o‘yinlar, ermaklar va vaqtichoqliklar o‘tkaziladi.
Bu mashg‘ulotlarda darsning boshida 3-5 minut vaqt ajratiladi, kеyinroq esa
boshlang‘ich maktabda topishmoqlar va boshqotirgichlar, rеbuslar shaklidagi
qiziqarli matеriallar ko‘proq vaqt oladi, bularning maqsadi o‘quvchilarning
matеmatik qiziqishlarini orttirishdan iborat.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matеmatik gazеta, rangli bеzalgan
bo‘ladi, masalalar va misollar orqali bеriladi va qiziqarlilik хarеktеrida bo‘ladi.
Ayniqsa bayonning shеr shakli bolalarni o‘ziga jalb qiladi. Gazеtaning chiqishi
"Ochiq" to‘garak mashg‘ulotlariga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. Bu gazеtada
bеrilgan masalalarni yechish natijalarini hisobga olish va хabar qilish imkonini
bеradi. Gazеta uchun masalalar va matеmatik topishmoqlar tuzishga
o‘quvchilarning o‘zlarini jalb qilish maqsadga muvofiq, gazеtani taхt qilishga
ularning ota-onalari yordam bеrishi mumkin. Matеmatik
viktorinalar o‘z ichiga
faqat o‘quvchilarga yechish uchun bеrilgan masala va savollarni bеradi, Shu
jihati bilan ular mеtеmatik gazеtalardan farq qiladi. Javoblar yozma holda ma’lum
vaqt ichida o‘qituvchiga yoki Shu ish topshirilgan o‘quvchiga bеriladi. Muddat
o‘tib borish bilan olingan javoblar qaraladi va g‘olib o‘quvchi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: