62
ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham
ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida
boshqa farqlar yo‘q.
Interfaol ta’lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari
texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmokda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot
ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat
qiladi.
Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi. Interfaol ta’lim jarayonida dars o‘quvchilarning o‘zaro
muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interfaol metod ta’lim jarayonida
o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro
harakati, ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda ”aqliy hujum”, ”6*6*6”,
”klaster”, “zakovatli zukko”, “qarama-qarshi munosabat”, ”ven diagrammasi”,
”insert”, ”topqirlik o‘yini” kabi interfaol metodlar muhim o‘rin tutishi amaliyotda
o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Boshlang‘ich ta’limda matematika darslarini tashkil etish va uni o‘tkazishda
interfaol metodlardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Boshlang‘ich
maktabda matematika ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini
shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan
bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llash hamda ta’limning ikkinchi bosqichida
o‘qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat
qiladi.
Matematika darslarida natural sonlar va nol to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish,
puxta hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural
sonlar va arifmetik amallarni qo‘llay olishga o‘rgatish, eng sodda geometrik
shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish
hamda og‘zaki va yozma hisoblash va matematik munosabat belgilaridan
foydalana olish malakasini hosil qilishga alohida e’tibor beriladi.
Talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslaridan olgan bilim, malaka va
ko’nikmalaridan foydalangan holda quyidagi savollarga javob berishadi:
Dostları ilə paylaş: