Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
veterinariya jarrohligi

13-rasm. Axtalash o‘tkazish vaqtida 
qin bog‘lamini ajratib olish usullari 


43 
qin chilvirining yupqalashgan prok-simal qismigacha tutqichning 
oxiridan yulib ajratiladi. Chilvirning yupqalashgan qismiga 8–10 
raqamli ipak va sintetik ip o‘tkazilib, axta tugunini (halqasini) ishga 
solib bog‘lanadi (14-rasm). Bichish tuguni ostidan 2–2,5 sm 
urug‘don chilviri qaychi bilan kesib tashlanadi, paydo bo‘lgan 
gultojga yod eritmasi, yara lablariga sintomisin malhami surtiladi; 
2) urug‘don ortig‘i dumi rezeksiyasi – hayvon tanasining jinsiy 
hujayra ajratish qobiliyatidan mahrum qilib, faqat gormon chiqarish 
funksiyasi saqlanib qolinadi. Bu usul asosan, jinsiy sterilizatsiya 
hisoblanadi. Hayvonda operatsiya tik turgan vaziyatida bajariladi. 
Yorg‘oq terisida sterilizatsiya o‘tkazilgandan so‘ng jarroh uni ichi-
da bor narsasi bilan birga pastga qarab tortadi, bunda yorg‘oqning 
teri burmalari tekislanadi. Yorg‘oq o‘rtalik teri chokiga nisbatan 
perpendikulyar, chap va o‘ng tomonlaridan yorg‘oq ostidagi qavat-
lar hamda umumiy qin pardasi bilan birga qo‘shib kesiladi. Har bir 
tomonning kesuv uzunligi 1,5–2 sm ga to‘g‘ri keladi. Kesilgan yara 
orqali urug‘don bezini navbat bilan sekin o‘ziga bosib urug‘don 
chiqariladi va ular qaychi bilan kesiladi. Teri, yara atrofiga yod 
eritmasi surtiladi.
14-rasm. Urug‘don chilviri uchun bichish halqasi va uni o‘tkazish texnikasi 


44 
 
II bo‘lim 
 
UMUMIY VA XUSUSIY JARROHLIK 
 
1-mavzu. Jarohatlanish 
Mexanik, fizik, kimyoviy hamda biologik sabablar ta’sirida 
paydo bo‘lgan jarohatlar – travmalar, ularning yig‘indisi travma-
tizm deb ataladi. Travmatizm qishloq xo‘jalik hayvonlarida tez-tez 
uchrab turadi, o‘z vaqtida oldi olinmasa, davolanmasa kasallangan 
hayvonning mahsuldorligi kamayishi va halok bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin