53
lashib qoladi. Yiring to‘plangan joylar paydo bo‘ladi. Harorat ko‘-
tarilishidan oldin odatda hayvon qattiq sovqotadi. Sovqotish va ha-
rorat ko‘tarilishi qonga yangi infeksiya kirishi yoki yangi manba
paydo bo‘lishi sababli yuzaga keladi. Sovqotish, harorat ko‘tarilishi
va nafas olishi tez va yuzaki bo‘ladi, nerv tizimi tormozlanadi. Ka-
sallik uzoq vaqt cho‘zilib ketsa, qizil qon tanachalarning parcha-
lanishi va jigar zararlanishi tufayli hayvon tanasi sarg‘ayib ketadi.
Davolash. Yiringli infeksiyani davolash uchun antibiotiklar,
ya’ni penitsillin, streptomisin, sintomisin va biomisin (eritromisin
kabi dorilar) qo‘llanilsa yaxshi natija beradi.
4-mavzu. O‘smalar. O‘smalarning umumiy tasnifi
To‘qimalarning haddan tashqari foydasiz o‘sib ketishiga
o‘sma
(blastoma) deyiladi. Normal to‘qimaning o‘sma to‘qimasiga ayla-
nishi tufayli hosil bo‘lgan blastoma o‘z tuzilishi va faoliyatining
atipikligi, progressiv avj olishi va betartib o‘sishi, hamda ayrim
biologik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Epitelioma, biriktiruvchi, nerv, muskul va aralash to‘qimalardan
hosil bo‘ladigan o‘smalar, zararli va bezarar o‘smalar farq qilinadi.
Ko‘pchilik o‘smalarning nomlari odatda to‘qima nomining oxirgi
«oma» qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi, masalan, fi-
broma, epitelioma, nevroma, mioma. Bundan tashqari epitelial
to‘qimadan hosil bo‘ladigan zararli o‘smalarga rak (karsinoma) va
biriktiruvchi to‘qimadan hosil bo‘ladigan o‘smalarga esa sarkoma
kabi maxsus nomlar berilgan.
Dostları ilə paylaş: