62
Fiksatsiya va og‘riqsizlantirish. Yuvosh
mollarni infiltratsiya
usuli bilan og‘riqsizlantiriladi va tik turgan holatda operatsiya
o‘tkaziladi. Hayvonning boshi stanok ustuniga arqon bilan bog‘-
lanadi. Bebosh mollarga mahalliy og‘riqsizlantirish o‘tkazishdan
oldin qon tomir orqali yoki muskul
orasiga narkotik modda yoki
xloralgidrat yuboriladi.
Operatsiya texnikasi. Qoramollarning peshona bo‘shlig‘ida
trepanatsiya o‘tkazish nuqtasi ko‘z usti teshiklar orasidagi masofa
va boshning medial chizig‘i, shu bilan birga bu chegaradan bir oz
yuqori yoki pastki qismida yiringli suyuqlik to‘planganda, shox
o‘simtasi ildiz qismiga yaqin nuqtada trepan bilan parmalab
bo‘shliqqa yo‘l ochiladi. Qo‘ylarda esa,peshona bo‘shlig‘ining
o‘rta chizig‘i ko‘z osti teshiklari orasidan trepanatsiya o‘tkaziladi
(15- rasm). Otlarda peshona chig‘anog‘ining
chegarasiga yaqin
(16-rasm), ya’ni undan 1 sm aboral va 3,4–4 sm medial yon
tomonidan operatsiya o‘tkaziladi. Bundan tashqari, boshqa bo‘shliq
chegaralariga ham yo‘l ochish imkoniyati tug‘iladi. Qoramollarda
15-rasm. Qoramollarda trepanatsiya
o‘tkazish joyi va peshona bo‘sh-
liqlarining chegarasi
16-rasm. Otlarda
burun atrofida
joylashgan bo‘shliqlar trepanatsiyasi
va ularning topografiyasi. Peshona
chig‘anoq bo‘shliqlarining
anatomik
chegarasi – yoriq chiziq
yuqori jag‘ bo‘shlig‘iga, lunj do‘ngligidan yuqori 1,5–2 sm oralig‘i
trepanatsiya qilish nuqtasi hisoblanadi. Og‘riqsizlantirilgandan
so‘ng teri to‘qimasi suyak parda ostiga yarim aylanma yoki uch-
burchak shaklida kesiladi, teri qatlamlari uchi pastga qarab pinset
bilan ushlanib o‘tkir raspator yordamida suyakdan ajratiladi va
ushbu usulda trepanatsiya o‘tkaziladi. Operatsiya tugagandan so‘ng
teri, fassiya parchasini vaziyatga qarab, olib tashlash mumkin yoki
ustki pardani o‘z o‘rniga to‘g‘rilab, terining kesilgan chekkalariga
63
tugunli baxiya o‘tkazib bog‘lanadi. Agar uzoq vaqt kuzatish drenaj
qo‘yish va yuvish olib borishni talab qilsa, unda teri va suyak usti
pardasini butkul kesib olib tashlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: