Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
veterinariya jarrohligi

Amaliy mashg‘ulot. 
Kindik dabbasini operatsiya qilish. Kindik dabbasi operatsiyasi 
turli usullarda o‘tkaziladi, bu hayvonning turiga, dabbaning katta- 
kichikligiga va boshqa sabablarga bog‘liq. 
Tayyorgarlik: 12 soatlik ochlik. Erkak hayvonlarda jinsiy olat bosh-
chasidagi teri xaltasini tozalash, ichak va siydik xaltasini bo‘shatish. 
Fiksatsiya va og‘riqsizlantirish. Ko‘pchilik hayvonlar uchun 
operatsiya chizig‘i umumiy hisoblanadi: 1. Dabba teshigi keng, 
lekin dabba ichidagi narsa uning xaltasiga yopishib qolgan bo‘ladi. 
Unda quyidagi usul qo‘llaniladi: dabba xaltasini uzunasiga aylanma 
shaklida kesiladi, keyin Myuzo qisqichi orqali uning chekkasidan 
ushlab olinadi. Dabba teshigi chekkasidan terini 2–4 sm siljitib, 
dabba xaltasi ajratiladi va qorin bo‘shlig‘iga kiritishga harakat 
qilinadi (17- rasm). Agar dabba teshigi tor, yopishgan bo‘lsa, uni 
to‘g‘rilashning imkoni bo‘lmasa, u vaqtda uni oq chiziq orqali 
oldinga qarab kesib kengaytiriladi. Dabba xaltasini ichkariga kiri-
tib, keyin kesilgan jarohat tikiladi. Dabba teshigi orqali chap qo‘lni 
kirgizib, barmoq nazorati ostida halqa tashlab ehtiyotlik bilan 
tikiladi, bunda qorin seroz pardasini teshmaslikka harakat qilinadi. 
Ignani sanchib o‘tkazish dabba teshigi chetidan 1,5–2 sm tashlab 
ikki tomonidan tikib bajariladi. Ligatura o‘tkazib tortilgandan so‘ng 
dabba teshigi chetlari yopishib burma shakliga ega bo‘ladi. Tikish 
materiali uchun ipak yoki kapron ishlatiladi. 10 kundan keyin o‘t- 
kazilgan ligatura olib tashlanadi. 2. Dabba xaltasida rezeksiya 
o‘tkazish (noto‘g‘ri bitish, yo‘g‘onlashishda). Bu holda operatsiya 
quyidagicha olib boriladi, dabba xaltasini qo‘l bilan atrof 
to‘qimalardan ajratib ushlab, uning halqasi chetidan 1,5–2 sm 
naridan sirkulyar kesiladi va yopishib qolgan joyni ajratib, xalta 
ichidagi narsa qorin bo‘shlig‘iga kirgiziladi. Dabba teshigi tikiladi. 
Bu operatsiyani bajarish uchun qorin bo‘shlig‘iga ko‘rsatkich 




65 
barmoq kirgizilib uning nazorati ostida dabba teshigi atrofiga 
halqasimon chok o‘tkazib tikiladi. Dabba terisining chetidan 2–3 
sm uzoqlikda igna o‘tkaziladi. Teriga uzlukli chok qo‘yib tikiladi. 
10 kun o‘tgandan keyin o‘tkazilgan ligatura olib tashlanadi. 3. 
Dabba teshigini alloplastika (mato) yordamida yopish. Bu usulni 
bajarish uchun kapron-lavsanli material qo‘llaniladi. Dabba 
xaltasini tashqariga chiqarib uning ichidagi bor narsa teshigiga 
mo‘ljallab, unga munosib to‘qima parchasini kesib bichiladi, 
chetlari dabba teshigidan 2–3 sm tashqari turishi kerak. Keyin 
dabba xaltasi atrofidan kapronli ip bilan uzlukli chok tashlab 
tikiladi. Teri jarohati ham uzlukli chok bilan tikiladi. Operatsiya 
jarohati birlamchi bitish orqali bita boshlaydi. O‘rnatilgan sun’iy 
material yaxshi moslashib, dabba teshigini qattiq yopishda xizmat 
qiladi. Teri jarohati chetlariga tugunli chok o‘tkazib tikiladi. 
To‘g‘ri ichakni operatsiya qilish. Ko‘rsatma. To‘g‘ri ichak 
tashqariga tushganda (prolyapsus) va uni bartaraf qilishning iloji 
bo‘lmaganda tashqariga osilib chiqqan qismi nekrozga o‘tishi 
sababli radikal usul qo‘llanadi. 
Fiksatsiya. Yirik mollar tik turgan vaziyatda, mayda hayvonlarni 
yon tomoni bilan operatsiya stoliga yotqiziladi. 
Og‘riqsizlantirish. Yirik mollar uchun dumg‘azani, mayda hay-
vonlarda yuzaki–to‘g‘ri ichakning tashqariga chiqqan qismi 5 % li 
novakain eritmasi shimdirilgan tampon bilan namlanadi. 
Operatsiya texnikasi. B. M. Olivkov usuli – hayvonning turi va 
kattaligiga nisbatan uchlari qayrilgan 2 ta simcha yoki uzun 
ignaning mandreni kerak bo‘ladi. Ignaning o‘zini ham ishlatish 
mumkin. Ikkita mandrenni (ignani) to‘g‘ridan to‘g‘ri orqa chiqaruv 
teshigi oldida ichakning tashqarida osilib turgan qismiga hamma 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin