68
infeksion jarayonlar va o‘smalar ta’sirida suyaklar buzilishi mum-
kin.
Agar suyak sinib, ustidagi teriga zarar etmasa –
yopiq, teri
butunligi buzilsa –
ochiq sinish deb ataladi.
Suyak singanda birinchi yordam ko‘rsatish. Suyak singanda
terining qanday shikastlanganligi (ochiq yoki yopiq sinish)ga qarab
birinchi yordam ko‘rsatiladi. Yopiq
sinishlarda birinchi yordam
ko‘rsatilganda ehtiyotlik bilan sinib ketgan suyaklar to‘g‘ri holatga
keltiriladi va uni vaqtincha qimirlamaydigan qilib bog‘lab qo‘yiladi
(shina qo‘yib bog‘lanadi). Ochiq sinishlarda birinchi yordam ko‘r-
satilganda shikastlangan terining atrofiga yod nastoykasi surtiladi.
Keyin aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Tashqariga chiqib turgan suyak
parchasi bo‘lsa operatsiya vaqtida tozalanib, keyin o‘z o‘rniga kiri-
tiladi. Suyak ochiq singan bo‘lsa, avval shikastlangan joyga anti-
septik dorilar qo‘yib bog‘lanadi, keyin immobilizatsiya qilinadi.
Ostit – suyak yallig‘lanishi. Ostitning o‘zi juda kam uchraydi.
Ko‘pincha suyakning hamma elementlarining yallig‘lanishi (en-
dost, suyak iligi yallig‘lanishi) kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: